Plantaglyutsid rutin fitin va adonizid novogalen preparatlarini sifatini baholash



Yüklə 20,47 Kb.
səhifə4/5
tarix18.11.2022
ölçüsü20,47 Kb.
#69805
1   2   3   4   5
Plantaglyutsid rutin fitin va adonizid novogalen preparatlarini sifatini baholash

Konsentrat-ekstraktlar

  • Bular ekstraktlarning maxsus guruhi bo‘lib, dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o‘simlik xom ashyosi o‘rniga ishlatishga mo‘ljallangan. Dorixona sharoitida o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalarni saqlab qolish sababli baxolanmaydigan dori turi bo‘lgan suyuqlik -ajratmalar uchun muximdir. Ularni aniq baxolangan konsentrat ekstraktlardan tayyorlash maxsulot sifatini, bemorlarga xizmat qilish madaniyatini oshirish imkonini beradi. SHunga ko‘ra iloji boricha bu guruh preparatlarini

  • konsentratlardan tayyorlashga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ular suyuq va quruq bo‘ladi. Suyuq konsentrat ekstraktlarni tayyorlash ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash kabi texnologik bosqichlardan iborat.

  • Suyuq konsentrat - ekstraktlar.

  • Bular spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, 1:2 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni 1 og‘irlik qism xom ashyodan 2 og‘irlik qism ekstrakt olinadi. Ulardan damlama

    • yoki qaynatmalar tayyorlashda retseptda yozilgan xom ashyoga nisbatan 2 marta ko‘p miqdorda olib, kerakli hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Suyuq konsentratlar asosan perkolyasiya va reperkolyasiya usullarida olinadi. Suyuq konsentrat ekstraktlarni Moskva ilmiy-tekshirish farmatsiya oliygoxi olimlari tomonidan taklif etilgan usulda olish suyuq ekstraktlarni olishga o‘xshashdir. Faqat har safar uchinchi perkolyatordan xom ashyoga nisbatan ikki xissa ko‘p ajratma olinadi.

    • Suyuq kotsentratlar tashqi ko‘rinishi, ta’sir kiluvchi moddasi, quruq qoldiq, spirt kuvvati yoki zichligi bo‘yicha baxolanadi. Korxona sharoitida suyuq konsentratlardan valeriana suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 40% spirtda, baxorgi adonis suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda, arslonquyruq suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda ishlab chiqarilmokda.

    • Quruq konsentrat ekstraktlar (1:1).

    • Quruq ekstrakt konsentratlar ham suv-spirtli ajratmalar bo‘lib, 1:1 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni 1 og‘irlik qism xom ashyodan 1 og‘irlik qism tayyor maxsulot olinadi. Ulardan suvli ajratmalar tayyorlashda 1 qism xom ashyo o‘rniga 1qism quruq konsentratdan olib, suvda eritiladi va suv bilan kerakli hajmgacha etkaziladi.

    • Quruq konsentratlar perkolyasiya, tez oquvchi reperkolyasiya, ba’zan (gulhayri ildizining ekstrakt konsentrati) matseratsiya usullarida tayyorlanadi.

    • Ajratma yot moddalardan tozalash, quritish va baholash, quruq ekstraktlarga o‘xshash bajariladi.

    • Ekstrakt konsentratlar tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari past quvvatli (20—25 ba’zan 40%) spirt ishlatilishidadir. Bundan maqsad konsentratdan tayyorlangan suvli ajratma sifatini, ayniqsa tashqi ko‘rinishini xom ashyonikiga yaqinlashtirishdir.

    • Korxona sharoitida quyiidagi quruq konsentratlar ishlab chiqariladi: gulhayriiing quruq konsentrat ekstrakti (1:1). Maydalangan gulxayri ildiziga 10 baravar ko‘p miqdorda 25% spirt solib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib, xona xaroratida koldiriladi. So‘ng ajratma quyib olindi, tindiriladi, suziladi va

    • vakuum—bug‘latgich asbobida 50—60S xaroratda quyuq xolatgacha bug‘latiladi. Quyuq massa vakuum juvali qurilmalarda quritiladi, baxolanadi va dekstrin yoki sut qandi bilan shilimshiq moddalar miqdori 24—28% ga etkaziladi. Yumshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

    • Termopsisning quruq konsentrat ekstrakti (1:1). Termopsis o‘sim-ligining er ustkn qismidan 25% spirtda olinadi. Tayyor maxsulot tarkibida 1 % alkaloid bo‘ladi. YUmshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bahori adonisning quruq konsentrat zkstrakti (1:1). Baxori adonisning er ustki qismidan 20% spirtda olinadi. 1 g konsentrat tarkibida 46—54 BTB bo‘ladn. Kardiotonik vosita sifatida ishlatiladi.


    • Yüklə 20,47 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin