Plastik surkov moylari va ularning kolloid strukturasi haqida qisqacha



Yüklə 188,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.12.2022
ölçüsü188,43 Kb.
#75141
  1   2   3   4
3-Ma\'ruza. Moylash materiallni tanlash



VH hob. PLASTIK SURKOV MOYLARI VA ULARNING 
KOLLOID STRUKTURASI HAQIDA QISQACHA 
MA’LUMOTLAR
Plastik surkov moylari suyuqlikdagi qattiq quyultirgichlarni 
yuqori strukturali tiksotrop dispersiyalaridir. Ular texnikaning 
turli sohalarida keng qo‘llaniladigan surkov materiallari sinfiga 
kiradi. Yurtimizda surkov moylarini sanoatda ishlab chiqarish 70 
yil oldin boshlangan edi. Birinchi surkov moyi neft qoldiqlarini 
smola kislotalarining kalsiyli sovunlari bilan kuyultirilgan 
g‘ildirak moyidir. Surkov moylarining struktura va xossalari 
bo‘yicha sistematik izlanishlar 30-yillardan boshlanadi. Plastik 
surkov moylarini birinchi tadqiqotchilari va ularning ishlab 
chiqarish va qo‘llashga da’vat etuvchilar O.S. Velikovskiy va 
V.P. Verensovlardir. Surkov moylarini har tomonlama tadqiq 
etish ularning kolloil tabiatini oshkor qildi va ulami ishlab 
chiqarish va qo'llashga ilmiy asosli yondashishga imkon berdi. 
Ishlab chiqarish hajmi nisbatan kamligiga qaramasdan qo'llash 
sohalarini 
turli 
tumanliligi 
bo‘yicha 
boshqa 
surkov 
materiallaridan ustun turadi.
Odatda surkov moylari uch muhitdan tashkil topadi: 70—90 
% dispers muhit, 
10—13 % dispers faza va 1 — 15 % 
qo‘shimchalar. Dispers muhit sifatida ko‘proq neft moylari, 
ayrim hollarda sintetik moylar va ularning neft moylari bilan 
aralashmalari qo'llaniladi. Sintetik moylarni odatda keng 
harorat diapazonida ishlovchi yuqori tezlikli podshipniklarda 
foydalaniladigan surkov moylarini tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Sintetik moylarning narxini yuqoriligi, shuningdek, ularni 
alohida ekpluatatsiya xossalarini yaxshilash maqsadida sintetik 
va neft moylari aralashmalari ishlatiladi.
Quyuqlashtiruvchilarga metalli sovunlar (yuqori molekulyar 
moyli kislotalar tuzlari), qattiq neft uglevodorodlari va ayrim 
organiq va noorganiq mahsulotlar kiradi. Kengroq tarqalgan 
quyuqlashtiruvchilarga sovunlar va qattiq uglevodorodlar kiradi.
86


Quyuqlashtiruvchilarning 
turiga 
qarab 
ulaming 
surkov 
moylaridagi miqdori 
8
% dan 25 % gacha boiadi.
Strukturasini rostlash va funksional xossalaiini yaxshilash 
uchun 
surkov 
moylariga 
qo‘shimchalar-to‘ldiruvchilar va 
qo‘ndirmalar qo‘shiladi. Qo'shimchalar—qattiq yuqori dispers 
moddalar boiib, amalda dispers muhitda erimaydilar va har 
doim surkov moylarida sovun tolalaridan sezilarli katta 
o'lchamda bo‘lgan mustaqil faza hosil qiladilar. Yuqori surkov 
xossasini ta’minlovchi kristal strukturali qatlamli to‘ldiruvchilar 
qo‘proq tarqalgan. Qo‘ndirmalarning to‘ldiruvchilardan farqi 
deyarli hamma vaqt dispers muhitda eriydilar va surkov 
moylarining strukturasi va reologik xossasiga ta’sir o‘tkazib, 
qo‘llanilishini moylamikiga qaraganda qiyinlashtiradi. Surkov 
moylarining xossalarini yaxshilash uchun asosan neft moylari 
ishlab 
chiqarishdagi 
qo‘ndirmalar 
ishlatiladi. 
Ularning 
asosiylariga antioksid, tirnalish, yemirilishga qarshi, korroziya 
ingibitorlari kiradi.
Plastik surkov moylari qattiq faza tuzilishining yuqori 
darajasi va ahamiyatli konsentratsiyasi bilan farqlanuvchi kolloid 
sistemalarni hosil qiladi. Surkov moylari strukturasi ruxsat 
etilgan 4E gacha usul bo'yicha 100 ming marta kattalashtirish 
imkonini beruvchi elektron mikroskop yordamida o ‘rganildi. 
Elektron mikroskopiya usulini qo‘llash bilan surkov moylarini 
o ‘rganish, aksariyat sovunli surkov moylar dispers fazasi 
lentasimon yoki slizometrik shakldagi ignasimon qismlardan 
tashkil topganligini aniqlash imkonini berdi. Bir yoki ikki 
o‘lchamdagi bu qismlar o'lchamlari kolloid
—1
moldan kam. 
Komponent 
aralashmalarini 
sovutishdan 
hosil 
bo'ladigan 
quyultirgich qismlarining barcha ko‘p turli shakllari va struktura 
karkasini vujudga keltirish usuli umumiy sanaladi. Kolloid yoki 
haqiqiy aralashmani sovutish jarayonida kristallami baravariga 
o ‘sishi va bir-biri bilan bogianishdan va kristallik hosil 
bo'lishidan quyultirgich kristalizatsiyasi ro‘y beradi. Oddiy 
kolloid sistemalaiga dispers faza qismlari bir-biri 
bilan 
koagulatsiyalanadi va cho'kmaga tushadi. Surkov moylaridagi 
dispers fazalarning yuqori konsentratsiyasi koagulatsiyasini 
yengib o ‘tadi, ular fazoviy struktura karkasini hosil qiladi. 
Quyuqlashtirgich qismlarining anizometrikligi qancha yuqori 
bo‘lsa, shunchalik mustahkam strukturani hosil qilishadi.
87


Dispers fazalarni yuqori strukturalash darajasi surkov 
moylariga ulami suyuq va qattiq surkov moylaridan farq qiluvchi 
plastik va qattiqsimon holat beradi. Kuchlanish yo‘qligida surkov 
moylari qattiq holatda bo'ladi: o‘z og‘irligi ta’sirida erishmaydi, 
vertikal yuzalarda turadi, harakatlanayotgan detaliardan inersion 
kuchlar ta’sirida itqitilmaydi. Biroq surkov moyining mustakillik 
darajasini oshiruvchi ozgina kuchlanish ostida ham strukturali 
karkas buziladi, surkov moyi deformatsiyalanadi va yopishqoq 
oquvchi harakatlanuvchi holat kasb etadi. Muhimi o‘ziga xoslik 
sifatida strukturali karkasni buzilish jarayonini ortga qaytarishi 
sanaladi; kuchlanish olinishi bilan oqim to'xtaydi va surkov moyi 
qaytadan qattiqsimon holat kasb etadi. Surkov moyini plastik 
holatdan yopishqoq oquvchi holatga va yana ortga qaytishini 
osonligi ularning afzalliklaridan biri sanaladi. Suyuq va qattiq sur­
kov materiallariga qaraganda ko'prok qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Surkov moylari tarkibi va ishlatilishiga qarab sinflanadi. 
Surkov moylarining tarkibi va strukturasiga quyultirgichlami hal 
qiluvchi ta’sir ko'rsatuvini inobatga oladigan boMsak, unda 
quyuqlashtirgich 
tipi 
surkov 
moylarning 
tarkib 
bo'yicha 
sinflanishining asosiga qo‘yilgan. Quyuqlashtirgich tipiga qarab 
surkov moylari sovunli, uglevodorodli va noorganiq quyuqlash- 
tirgichli surkov moylariga bo‘linadi!ar. Sovunli surkov moylari o‘z 
navbatida quyuqlashtirgich tarkibidan' qat’i nazar oddiy sovunli 
surkov moylari va aralash sovunli surkov moylariga bo'linadi. 
Kation soniga ko‘ra surkov moylari sovun molekulalari kalsiyli
natriyli, litiyli, bariyli, alyuminiyli va hokazolarga boiinadilar. 
Moy tarkibidan qat’i nazar surkov moylari sintetik va tabiiy 
moylarda, shuningdek, texnik, moyli kislotalarda ajratiladi.
Ishlatilishiga qarab surkov moylari mashina va mexanizm 
detallarini tirnalishini va emirilishini pasaytirish uchun— 
antifriksion; metall buyumlarni korroziyadan himoya qilish 
uchun— 
korservatsion, 
ishqorlanuvchi 
yuza, 
oraliq 
va 
tirkishlarni 
germetizatsiyasi 
uchun—zichlagichli; 
friksion; 
ishqalanib moslanish; muz qoplashdan saqlanish uchun-maxsus 
va hokazo turlarga bo'linadi. Surkov moylarining katta qismi 
birinchi ikki guruhga tegishli. Antifriksion surkov moylarini 
tayyorlash uchun asosan sovunli quyultirgichlar, konservatsion 
uchun — uglevodorodlilar qo‘llaniladi. Plastik surkov moylarini 
qo'llash 
nuqtayi 
nazaridan 
yuqori 
harorat 
va 
kontakt
88


kuchlanishlarda, xususiy harakat yo‘nalish o ‘zgarishli yoki 
davriy ishlovchi ishqalanish tugunlarida natijaliroq hisoblanadi. 
Surkov moylari ishqalanish tugunlarini yaxshi zichlaydi, ulami 
qoilaganda surkov materiallariga va mexanizmlarga xizmat 
ko‘rsatishga xarajatlar kamayadi.
Hamma surkovlar ham surkov moylari tayyorlashda 
qo'llanavermaydi. Surkov moylarining strukturasini vujudga 
kelishi va xossalarida ishlatilayotgan sovunning kationi xossasi 
va valentligi, anioni qo‘shilishi va tarkibi hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Boshqa teng sharoitlarda eng yirik tolalar natriyli 
surkov moylari uchun (80 mkm gacha), qisqalari litiyli (2—5 
mkm) va kalsiyli (1—3 mkm) surkov moylari uchun to‘g‘ri 
keladi. Surkov moylari dispers fazolarining strukturaviy hosil 
bo‘lishining muhim shartlaridan biri bu haroratdir. Surkov 
moylari ishlab chiqarishda kolloid-kimyoviy jarayonlar uzluksiz 
o ‘zgaruvchan haroratlarda boradi va hatto ularni tayyorlanishi 
tugagandan 
keyin 
ham 
shuningdek, 
30—40°C 
gacha 
sovutilganda ham butunlay to ‘xtamaydi. Shuning uchun 1—2 
kun teng holatda va xona haroratida boradigan surkov 
moylarining «yetilishi» ni amalga oshirish kerak. Biroq ko'pgina 
surkov moylari uchun holat muvozanatiga erishib boMmaydi. Bu 
ularning xossalarini o ‘zgarishida mustaqil ravishda dispers muhit 
ajralishi; harorat, mexanik kuchlanish, havo namligi va kislorod 
ta’siri ostida birdaniga mustahkamlanishi yoki birdaniga 
suyuqlanishidan dalolat beradi.

Yüklə 188,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin