28
xushbo’y hid taraladi. Xandalaklar va eti yumshoq qovunlar pishib yetilganda meva
bandlari mevalaridan o’z-o’zidan ajrab ketadi yoki juda oson uziladi.
Qovoq mevalarining pishib yetilishi ularning turlariga qarab har xil bo’ladi.
Masalan, yirik mevali qovoq (C. maxima) mevasi pishib yetilganda meva bandi
po’kaklashadi, qattiq po’stli qovoq mevalari (C. repo) pishib yetilganda po’stning
rangi qo’ng’ir qizg’ish, sariq ranglarga aylanadi. Muskat qovoqlari (C. moshata)
mevalari pishib yetilganda esa, meva po’sti bir oz yumshaydi.
2. Ekinlarni yetishtirish maqsadiga qarab poliz ekinlari mevalari pishib yetilishi
turlicha bo’lgan darajada yig’ib olinadi. Masalan, poliz mevalarini uzoq masofalarga
jo’natish maqsadida ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib yetilishidan 10-15 kun oldin
uziladi. Joylarda iste’mol qilish uchun ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib yetilgach
uziladi.
Qishki qovun va tarvuz navlari mevalari texnik pishib yetilish davrida, ya’ni
iste’mol qilish uchun mumkin bo’lgan davrda, qovoq va xashaki tarvuz mevalari esa,
biologik pishib yetilgan davrida yig’ib olinadi.
Poliz ekinlari mevalari pishib yetilishiga qarab bir necha marotaba (4-6 marta)
yig’ib olinadi. Kunlar sovib ketishiga yaqin mevalar bir yo’la hammasi yig’ib olinadi.
Birinchi pishib yetilgan mevalarni o’z vaqtida terib olish o’simlik palagidagi qolgan
meva va tuganaklarni tezroq pishib
yetilishiga imkon yaratadi, hosildorlikni
birmuncha oshiradi.
Sug’oriladigan yerlarda qovun va tarvuz mevalarini yig’ib olishdan 10-15 kun
oldin oxirgi marta sug’oriladi. Bu esa mevalarni shirin bo’lishiga va qishda yaxshi
saqlanishiga sabab bo’ladi va uzoq masofalarga olib borishda isrofgarchilikni
kamaytiradi.
3. Yig’ib olingan poliz ekinlari mevalarini yaqin va uzoq masofalarga olib
borishda alohida sharoitlar kerak bo’ladi. Yaqin masofalarga asosan ertapishar va
uzoq saqlanmaydigan navlar jo’natiladi. Uzoq masofalarga jo’natiladigan
navlar
yaxshi saqlanish xususiyatiga ega bo’lgan, mexanik turtkilarga chidamli bo’lishi
kerak.
Uzoq masofalarga yuboriladigan poliz mevalari imkoniyat boricha meva bandi
bilan birga uzilishi kerak. Uzilgan mevalar 2-4 kun to’plam-to’plam holatda biroz
so’lishi uchun dalada qoldiriladi, so’ngra transportga ortiladi. Bu mevalarning yorilib
ketishidan saqlaydi. Pishib o’tib ketgan mevalar uzoq masofalarga yuborilmaydi.
Qovun mevalarini uzoq masofalarga yuborish uchun to’la pishib yetilmasdan uzib
olish kerak, chunki qovun mevalari uzib olingandan so’ng ham pishib yetilish
qobiliyatiga ega.
Mevalar uzoq masofalarga jo’natilayotganda mexanik turtkilar (transportga
ortganda va tushirganda) ta’sirida yorilib, miqdori birmuncha kamayadi. Buning
oldini olish uchun mevalarni konteynerlarda jo’natish lozim.
Konteynerda mevalar
orasidagi harorat 6-10 daraja bo’lishi kerak. Tarvuzning Xayit qora, Qo’zivoy 30,
Melitopolskiy 122, Bo’kovskiy 22, Astraxan navlari, O’rta Osiyo qovunlaridan esa
Umirboqi, Qorapo’choq, Beshek, Qo’ybosh, Arqoni va Qalaysan navlari uzoq
masofalarga olib borish uchun yaroqli hisoblanadi.
29
4. Poliz mevalarining yaxshi saqlanishi meva etining kimyoviy birikmalariga va
yana boshqa omillarga bog’liq. Meva etining tarkibida pektin moddasi ko’p bo’lib, eti
tig’iz bo’lsa, bunday mevalar uzoq muddat saqlanadi.
Tarvuz mevalari 3-5 oy, qovun mevalari 5-6 oy va
qovoq mevalari bir yilgacha
buzilmay saqlanish xususiyatiga ega. Ertapishar navlar uzoq muddat saqlanish
xususiyatiga ega bo’lmaganligidan, saqlash uchun o’rtangi va kechpishar navlar
tanlanadi. Poliz mevalari uzoq muddat ta’m sifati buzilmay yaxshi saqlanadigan
mevalar hisoblanadi. Saqlanish jarayonida me-valarda biokimyoviy o’zgarishlar sodir
bo’lib, bu holat ayniqsa qovunda meva ta’mini yanada yaxshilaydi, qand miqdori
ko’payib, meva eti yumshaydi.
Poliz mevalarini maxsus sabzavot
saqlanadigan omborxonalarda, turli
tuzilishdagi usti yopiq xonalarda (erto’la, boloxona, maxsus hujralar) saqlash
tarvuzlarni uzoq muddatga saqlash deyiladi. Bunday joylarda mevalar poxol yoki
qipiq, qum yoki somon to’shalgan uch to’rt qavatli so’rilarda saqlanadi. So’rilar
oralig’i 40-50 sm bo’lib, balandligi 1 m bo’ladi. Bunday so’rilarga mevalar bir qator
qilib joylashtiriladi.
Mevalar saqlanishga keltirishdan avval ular saqlanadigan omborlar 1 m
2
yerga
100 g hisobidan oltingugurt sepib chiqiladi, bundan tashqari formalinning 40 % li
eritmasi bilan omborxona shift va devorlari, so’rilar ust va tagi dezinfeksiya qilinadi.
Bunda saqlanayotgan mevalar kasallikka chalinmaydilar. Omborxonalardagi mevalar
saqlanish davomida bir oyda ikki marta ko’zdan kechirilib,
aynib qolgan mevalar
chiqarib tashlanadi, qolganlari joyida ag’darilib qo’yiladi.
Omborxonalarda havo harorati 1-3 daraja, nisbiy namligi 80-85 % bo’lishi kerak.
Qadimdan qovunlarni eng yaxshi saqlash usuli har birini alohida osib qo’yib saqlash
hisoblangan. Hozirgi vaqtda bunday usul faqatgina shaxsiy xo’jaliklarda qo’llaniladi.
Ko’p miqdordagi qovunlar qalin devorli, shamol kirib turishi uchun tuynukchalari
bo’lgan qovunxonalarda saqlanib, bu yerdagi harorat kuzda 10-15 daraja, qish
oylarida esa 4-7 darajani tashkil etishi kerak. So’nggi yillarda qovunlarni qishda
saqlash uchun maxsus sovutgichli xonalar qurilmoqda. Bu yerlarda qovunlar to’r
xaltalarga yoki yashiklarga uncha qalin qilmay joylanadi. Harorat 0-2 daraja bo’lib,
havo namligi 80-85 % ni tashkil etsa, bunday joylarda qovunlar yaxshi saqlanadi.
Yuqorida aytilgan qovunxonalar yoki omborlar yo’q bo’lgan
taqdirda qovunlarni
maxsus xandaqlarda saqlash kerak. Bunday xandaqlar qiyalik, nam kam
to’planadigan joylarda eni 2-4, uzunligi 6-10 metr qilib qaziladi. Chuqurligi 1-1,5 m
bo’lishi kerak. Qovunlar xandaqlarga 7-8 qator joylanib, ustiga 10-20 sm tuproq
tashlanadi, so’ngra o’simlik qoldiqlari bilan berkitiladi. Havo almashib turishi uchun
trubalar o’rnatiladi.
Poliz ekinlari ichida qovoq juda uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Qovoqlarni
hamma yerda: omborxonalarda, shiyponlarda, yerto’la
va boloxonalarda saqlash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: