Sahifalarni klient tomonidan yoki server tomonidan boshqarish mumkin. 1995 yili Netscape kompaniyasi mutaxassislari JavaScript dasturiy tilini ishlab chiqib, sahifani klient tomonidan boshqarish mexanizmini hosil qildilar[15]. Shunday qilib,
JavaScript – bu gipermatnli web – sahifani ko‗rish stsenariysini klient tomonidan boshqarish tilidir.JavaScriptning asosiy g‗oyasi shundan iboratki, HTML – sahifani ko‗rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan HTML dasturi atributlari qiymatini va ekranda aks ettirish xususiyatlarini o‗zgartirish imkoniyatlaridir. Bunda sahifa qayta ishga tushirilmasdan o‗zgartiriladi. Tajribada bu – sahifa fonini o‗zgartirish, rasm fonini o‗zgartirish, yangi muloqot oynasi ochish yoki ogohlantiruvchi ma‘lumotni aks ettirish kabi jarayonlardan iborat bo‗ladi. JavaScript dasturiy tili Netscape kompaniyasining mahsulotidir. Microsoft kompaniyasi tomonidan Jscript dasturiy tili ishlab chiqilgan. JavaScript Evropa kompyuter ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi ECMA (European Computer Manufacturers Association) tomonidan standartlashtirilgan[15].
Java dasturlash tili Sun Microsystems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, strukturasi va yozilishi jihatidan ―C‖ dasturlash tiliga o‗xshashdir. Uni internetda ikki xil variantda uchratish mumkin: birinchisi JavaScript, ikkinchisi Java.JavaScript dasturiy tili HTML faylning imkoniyatlarini oshiradi. U ishlashi uchun HTML fayldan chaqiriladi va interpretatsiya qilinadi.
Brouzerga o‗rnatilgan interpretator skriptni ham gipertekstni ham yagona fayl sifatida qabul qiladi.Java moduli JavaScriptdan farqli ravishda alohida dasturiy ilova sifatida ―.class‖ kengaytmali faylda saqlanadi.
Bu fayl applet deb ham ataladi. Applet ham htmlfayldan chaqirilib, ishga tushiriladi[15].
Java texnologiya yordamida web – sahifaga interaktivlik elementlarini qo‗shish mumkin. Masalan, o‗zgaruvchi muloqot oynalarini hosil qilish, ularni boshqarish, freymlarni tashkil qilish va boshqarish, ―soat‖, ―yuguruvchi qator‖ va boshqa animatsiya elementlarini hosil qilish mumkin. Saytga ―jonli‖ tasvirni beruvchi web – kameralar ham Java dasturiy ilovalari yordamida ishlab chiqiladi.