Portlashning muxitdagi ta’siri va pm zaryadlari to’g’risida asosiy tushunchalar Reja


Portlashning bir jinsli kattikmuxitdagi ta’siri



Yüklə 20,31 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü20,31 Kb.
#207203
1   2
Ma’ruza№16

Portlashning bir jinsli kattikmuxitdagi ta’siri.
Bir jinsli muxitda yakka zaryadlarning portlash ta’siri maydalash varonkasi xosil bulishi bilan xarakterlanadi.
Portlash varonkasi deb, muxitning ajralish yuzasining cheklangan, konssimon yoki prizma shaklida kattik muxitda parchalash zonasiga aytiladi.
Muvofiklashgan yumshatish zaryadlari portlatilganda konussimon varonka xosil buladi, uzaytirilgan zaryadlar portlatilganda esa – prizma kurinishidagi varonka xosil buladi. Muvofiklashgan yumshatuvchi zaryad markaziga yakinlashgan sayin portlash varonkasi radiusi kamayib boradi va zaryad joylashgan joyda, ya’ni portlash paytida massiv eng katta karshilik kursatganda – portlash varonkasi eng kichik radiusga (sinish va maydalash zonasiga) ega buladi.
Eng kam karshilik chizigi – deb, zaryad markazidan portlatilayotgan muxitning ochik yuzasigacha bulgan eng Qisqa masofaga aytiladi. Skvajinali yumshatish zaryalari uchun eng kam karshilik (l.n.s.)- ustun asosida joylashgan zaryad ukidan ustun yuzasigacha bulgan eng Qisqa masofa olinadi.
Ustun asosi karshilik chizigi – (l.s.p.p.) – gorizontal buylab, skvajinali zaryad ukidan ustun asosi satxidagi ochik yuzagacha bulgan masofaga aytiladi. Ustun asosi karshilik chizigi skvajinali zaryadlarni xisoblashda eng muxim kattaliklardan biri xisoblanadi.
Kamuflet zaryadlar kattik muxitda portlatilganda portlashning uchta ta’sir zonasi kuzatiladi. Sikilish va maydalanish zonasi, parchalash zonasi va tebranishlar zonasiga.
Sikilish va maydalanish zonasi – zaryadga eng yakin zona bulib, sikilish zonasida portlash maxsulotlari va zarbli tulkinlarning muxitga (parodaga) ta’siri ostida portlashning eng katta ta’siriga uchraydi. Bunda tog jinsini tez va shiddatli maydalash va sikish jarayoni sodir bulib, Qisqa laxza ichida portlatilgan zaryad atrofida bushlik xosil buladi va yukori t0da isigan gazlar bu bushlikni tulgazib uni urab turgan muxitga juda katta bosim bilan ta’sir etadi. Natijada sikilish zonasida tog jinsi kuchli maydalanishga uchraydi. Sikilish va maydalanish zonasining radiusi – zaryad va uning kuvvatiga bog’liq buladi.
Parchalanish zonasi – bu zona sikish va maydalash zonasidan keyin sodir buladi. Bu zonada tog jinsi kuchli kuchlanish maydoniga, portlash maxsulotlari va zarbli tulkin ta’siriga uchraydi. Parchalash zonasining ta’siri tog jinsida darzliklar sistemasini xosil etish bilan yakunlanadi.
Tebranishlar zonasi – yoki portlashning seysmik portlash zonasi deb xam ataladi. Bu zonada portlatilayotgan muxit butunligining kurinarli buzilishi sodir bulmaydi.
Portlashning muxitdagi ta’siri xarakteriga nafakat zaryadning joylashishi, balki portlatilayotgan muxitning fizik xususiyatlari xam uz ta’sirini kursatadi.
Parchalash va itkitib tashlash zonasi – muxitni ochik yuza tomonga karab sikganda kizigan gazlarning yukori bosimi ta’siri ostida keyingi sikish va parchalanishlar sodir buladi va uzaygan bushliklar xosil buladi.
Nazariy itkitib tashlash varonkasi – shakli agdarilgan konus shaklida, uchi (eng baland nuktasi) portlatilayotgan zaryad markazida bulgan varonkaga aytiladi. Nazariy xisoblab chikilgan itkitib tashlash varonkasining parametrlari muvofiklashgan itkitib tashlovchi zaryadlar massasini xisoblash uchun kullaniladi.
Xakikiy itkitib tashlash varonkasi – deb, muxitni sikish va itkitib tashlash paytiga portlashdan xosil bulgan varonkaga aytiladi. Bunday varonka sikishning yarim sferasi bilan ulangan kesik konus shaklida buladi. Xakikiy varonkaning xajmi – nazariy va kurinarli varonkalar xajmidan katta buladi.
Yüklə 20,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin