Portlatish ishlarining qisqacha rivojlanish tarixi va oldiga qo’ygan vazifalari

Yüklə 97,75 Kb.
səhifə4/6
tarix23.06.2023
ölçüsü97,75 Kb.
#134568
1   2   3   4   5   6
Маъруза №1

Detonastiya qonuniyatlari ochilishi yuqori brizantli portlovchi moddalarni ishlab chiqish bilan bog’landi. 1863 yilda I. Vilbrandt tomonidan trotil, 1887 yilda K. Martens- tetril, 1890 yil T.Kurstius-azid svinest, 1894 yil Tollen va Vigan tomonidan TEN, 1897 yil Lenst tomonidan esa geksogen moddalari sintez qilindi. Sintez qilingangan portlovchi moddalar bugungi kunda ham elektrodetonator, kapsyul-detonator va detonastiya shnuri ishlab chiqarish sohalarida keng qo’llanilmoqda.

Dinamit - ilk aralashmali, brizantli portlovchi modda bo’lib, uning tarkibi 75% nitroglisterin va 25% kizilgur moddalaridan tashkil topgan. Dinamit rus olimlari tomonidan va A.Nobel ishtirokida yaratilgan.

Dinamit portlatish ishlarini rivojlantirishda katta rol o’ynab, poroxga nisbatan portlatish kuchi va energiyasi (portlatishning issiqlik energiyasi 7100-10700kDj/m2) balandligi bilan ajralib, suvga mustahkam va plastik qobiliyatga ega bo’lgan portlovchi modda bo’lgan. Dinamit ishlab chiqarishga o’ta xavfli va olovga nisbatan sezgirlik qobiliyati balandligi uchun portlatish ishlarida keng qo’llanilmadi.

Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar munosabati bilan xavfsiz va arzon selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi. U 1939 yilga kelib sanoatda ishlab chiqarilgan portlovchi moddalar xajmining 80%ini tashkil etdi.

Selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarishda olimlardan Yu.Xariton, A.Belyaev, K.Andreev, A.Apin va boshqalarning xizmati katta. Ular tomonidan detonastiya tezligining mexanizmi o’rganilib ishlab chiqarishga taqdim etilgan.

Yüklə 97,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin