TV – tezlatish vositasi.
TSH – texnik shartlar.
Litsenziya - litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma.
ED – elektrodetonator.
Elektrportlatish – elektrodetonatorda portlovchi moddalar portlashini uyg‘otishning elektr usuli.
Elektr-olovli portlatish – yoqish vositalari sifatida olovo‘tar shnur va elektryoqish patronlardan foydalanib portlovchi moddalar portlashini uyg‘otish usuli.
Olovli portlatish – olovo‘tar shnur va uni yoqish vositalardan foydalanib portlovchi moddalar portlashini uyg‘otishning olovli usuli.
Grammonit 50/50 va 30/70 – bu turli PM lar mustahkam va o’ta mustahkam tog’ jinslarini ochiq usulda qazib olishda qo’llaniladi. Ular – changsiz, yaxshi quyiluvchan granulirlangan ammiakli selitrali PM lar bo’lib, eritilgan trotil himoya qatlami bilan qoplangan, sochilib ketmaydi va suvga ustivor.
Grammonit – 30/70 suvga ustivor va suvli zaboylarda (oqar suvlarda) qo’llanilishi mumkin. Grammonit – 30/70 ni suvli skvajinalarda 3 sutka (70 soat) tuxtaganda ham uzining xususiyatlarini yo’qotmaydi. Grammonit –50/50 suvga chidamliligi -1 sutka (24-soat) gacha. (oqar suvlarda kullanilmaydi)
Detonastiya - murakkab gozodinamik jarayon bulib, xali tulaligicha urganilmagan. PM ga tashki manbadan beriladigan bir marotabali boshlangich impuls (KD va ED yordamida) sodir buladigan zarbli tulkinlarning PM massasi buyicha tarkalishiga olib keladi.
Kislorodli balans deb, PM tarkibidagi kislorod mikdorining uning (PM ning) tarkibida bulgan yonuvchi komponentlarning tula oksidlanishi uchun kerak bulgan kislorod mikdoriga nisbatiga aytiladi.
Portlatish harorati – portlatish ishlari jarayonida portlatish maxsulotlarni isitib, atmofera va atrof muhitga ajralib chiqadigan maksimal harorat bo’lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ya’ni, T – portlatish ishlari harorati;
QV – portlovchi modda issiqligi, kDj/mol;
Okis uglerod –kuchsiz xidli, rangsiz gaz bo’lib uning havoga nisbatan zichligi 0,967 ni tashkil etadi. U 15 oS temperaturada suvda eriydi. Okis uglerodning xavodagi aralashmasi portlash qobiliyatiga ega.
Okis azoti – okis uglerodga nisbatan yana xam xavfli gaz bo’lib, u o’tkir xidga ega bo’lib, sariq-qo’ng’ir ranglidir. Havodagi, tuproqdagi va devordagi nam bilan reakstiyaga kirib okis azot - azotli kislotasi formasiga o’tadi.
Okis azotning oxirgi ruxsat berilgan konstentrastiyasi (PDK) inson uchun 0,005 mg/l(0,0001 %xajmda) dan oshmasligi kerak.