Tayanch iboralar. Sho‘riston, urug‘lik, urug‘, tuxum, eroziya, o‘zbek modeli,
Yer fondi, Yer qonuni, sug‘oriladigan tuproq, to‘q tusli bo‘z, tuproqlar tasnifi, bo‘z-
voha, o‘tloqi - voha, botqoq tuproq, sahro mintaqasi, genezis, gumus, gumus miqdori,
me’yoriy hosildorlik.
Takrorlash uchun savollar.
1. Qobusnomada yerga berilgan baholarni tushintiring?
2. Markaziy Osiyoda qadimdagi ko‘chmanchi dexqonchilikning sabablari?
3. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni ro‘yxatga olish va baholash ishlarining
boshlanishi?
4. O‘zbekiston yerlarini, tuproqlarini baholashda qo‘llaniladigan uslubiy ishlar va ularning
muammolari?
5. O‘zbekistonda yer qonuniga muvofiq yerlardan foydalanish bo‘yicha turlarga bo‘linishi?
6. O‘zbekistonda va Farg‘ona vodiysida sug‘oriladigan yerlar muammosi?
7. Lalmikor yerlar va ulardan samarali foydalanish muammolari?
8. Sug‘oriladigan tuproqlar tasnifi, uning asosiy tip va tipchalari?
9. Sug‘oriladigan yerlardan gumus va oziqa elementlarining yuvilishi va bu jarayonni
tuproq unumdorligiga ta’siri?
10. Kadastr zonalari va sinflar, hamda ularga berilgan bonitet ballari, hosil miqdorlarini
chamalash?
11. Tuproq unumdorligini baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlarni ayting?
12. Ball bonitetli tuproq xaritasining mazmuni va moxiyati nimalardan iborat?
MAVZU: SUG‘ORILADIGAN YERLARNI BONITIROVKALASH USULI
Yer isloxotini mukammal va sifatli amalga oshirish uchun "Yer kodeksi",
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Yer kadastri to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda Yer resurslaridan samarali foydalanish, foydalanuvchilarni
rag‘batlantirish, yer egalarini tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan hatti-
harakatlarini e’tiborga olish qoidalari ko‘rsatilgan.
Yer narxi, tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari eng avvalo Yer kadastrining
tarkibiy qismlari hisoblanadi va quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
20
- yerga solinadigan soliq hajmini aniqlash
- hosilni rejalashtirish
- noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun yerni ajratishni asoslash
- yerga to‘lanadigan to‘lov (kompensatsiya) miqdori
- arendaga va fermer xo‘jaliklariga berilganda, pay shaklida foydalanganda yer
maydonlarini narxini aniqlashda.
- qishloq xo‘jalik korxonalarini xo‘jalik faoliyatini baholashda
- yerdan ratsional va samarali foydalanishni rag‘batlantirishda
- yerdan noto‘g‘ri foydalanishda jarimalarni miqdorini belgilashda
- tuproqni degradatsiyalanishdan, ifloslanishdan saqlash, unumdorligini oshirish va
qayta tiklash va boshqalar.
Tuproq bonitirovkasi - tuproqning unumdorlik darajasini miqdor jihatdan
baholash demakdir. Bu baholash nisbiy bo‘lib, solishtirish asosida olib boriladi.
Tuproqni bonitirovkalash uni xossa va xususiyatlarini hisobga olish asosida
bajariladi. Bunda ekin turining hosili bilan tuproq xossalari o‘rtasidagi eng zich
bog‘lanish aniqlanib, shu asosda tuproq baholanadi. Bonitirovka ishlarini natijalari
ballarda ifodalanadi.
Tuproq bahosi bilan o‘simlik turi va hosili o‘rtasida maxsus bog‘lanishlar
bo‘ladi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar bonitirovkasi etakchi o‘simlik hisoblangan
g‘o‘za asosida olib boriladi. G‘o‘za majmuasi o‘simliklari uchun ishlangan.
Hozirgacha O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni bonitirovkalashda har xil
usullardan foydalanilgan.
Bu usullarga 1969 yilda nashr etilgan Genusov A.Z., Gorbunov B.V. va
boshqalar tomonidan ishlangan, hamda 1989 yilda nashr etilgan Li V.N., Elyubayev
S.M. va boshqalarni ishlarini keltirish mumkin. Bulardan tashqari 1977 yildagi
Shreder V.R., Reshetov G.G. ishlarini keltirish mumkin.
Sug‘oriladigan yerlarni tabiiy xossalariga qarab baholash uslublarini ichida
nisbatan mukammal uslub tariqasida J. Sattorov, J. Kungirov va boshqalarni 1994
yildagi ishlari hisoblanadi.
Va nixoyat 1998 yilda "O‘zdavyerloyiha" Yer kadastri filiali xodimlari Li V.
N., Maqsudov J. M., Akramov I. A. hamda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy
tadqiqot instituti olimlari Qo‘ziyev R.Q., Turapov I. T. lar tomonidan yuqoridagi
uslubiyatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan eng yangi
usul ishlab chiqildi.
Yangi usulda negizli jadval (shkala) tuproqlarni genetik guruhlari va mexanik
tarkibiga tayangan holda tuzilgan.
Oldingi
negizli
jadvallar
esa
yerlarni
sug‘orilganlik darajasi va
madaniylashganligi asosida tuzilgan. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlashda mavhumlikka
ko‘p marta duch kelinar edi.
Yangi uslubiyatda yuqorida qayd qilinganidek tuproqlarni tabiiy xossalariga
ko‘ra baholashda ularni genetik guruhlariga va mexanik tarkibiga tayaniladi.
Bulardan tashqari tuproqni sifat jihatdan baholaydigan muhim agronomik xossalariga
asosan
maxsus
bonitirovkalovchi
koeffitsiyentlar
hisoblab
chiqilgan.
Bu
koeffitsiyentlardan tuproqni bonitirovkalash jarayonida foydalaniladi.
21
Uslubiyatga ko‘ra g‘o‘za ekinlari asosida ishlangan bonitet ballari sholi va
kanop ekinlardan boshqa barcha qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonlarni
baholashga loyiq.
Tuproqlarni baholash yopiq 100 balli shkala asosida olib boriladi.
Eng yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan, yaxshi fizik, kimyoviy, biologik
xususiyatlarga ega bo‘lgan yerlar 100 ball bilan baholanadi. Boshqa yerlar bularga
nisbatan baholanadi. Shuning uchun ham bu usul nisbiy sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |