Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bo‘z tuproqlar mintaqasi 
I.1.Irrigatsion avtomorf: 
Sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z tuproq; 


90 
100 
90 
80 
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq; 


90 
100 
90 
80 
Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproq; 

70 
85 
100 
90 
75 
I.2.O‘tuvchi: 
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z va bo‘z-
o‘tloqi tuproqlar. 

70 
90 
100 
80 
70 
I.3.Irrigatsion gidromorf: 


22 
Sug‘oriladigan o‘tloqi; 

80 
95 
100 
80 
70 
Botqoq va botqoq-o‘tloqi; 

90 
100 
95 
75 
65 
Sug‘oriladigan botqoq; 

75 
80 
75 
65 
60 
Cho‘l mintaqasi 
II.1.Irrigatsion avtomorf: 
Sug‘oriladigan bo‘z-ko‘ngir; 

70 
95 
100 
90 
75 
Sug‘oriladigan taqirli; 

75 
95 
100 
90 
70 
Sug‘oriladigan taqir; 

80 
100 
90 
80 
65 
Sug‘oriladigan qumli-cho‘l; 
60 





II.2.O‘tuvchi: 
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z qo‘ng‘ir; 
60 
70 
85 
100 
90 
70 
Sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir; 


80 
100 
85 
65 
Sug‘oriladigan o‘tloqi-cho‘l va cho‘l-
o‘tloqi; 
60 
60 
80 
100 
85 
75 
II.3.Irrigatsion gidromorf: 
Sug‘oriladigan o‘tloqi; 
70 
85 
100 
90 
80 
60 
Sug‘oriladigan 
o‘tloqi-botqoq 
va 
botqoq-o‘tloqi; 
70 
85 
100 
85 
70 
55 
Sug‘oriladigan botqoq; 
60 
75 
80 
75 
60 
50 
 
BONITIROVKA KOEFFITSIYENTLARI 
Bizning sharoitimizda tuproq xossalarini yomonlashtiradigan va unumdorligiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarga toshli qatlamning joylashgan chuqurligi, qumli, 
gipsli, gleyli, shox va arzikli qatlamlarning kesmadagi o‘rni va boshqalar kiradi. 
Sug‘oriladigan mintaqalarda toshli va shag‘alli tuproqlar asosan tog‘oldi 
prolyuvial tekisliklarda va allyuvial vodiylarda uchraydi. Toshli va shag‘alli tuproqlar 
o‘zining kam gumusligi, strukturasizligi, oziqa elementlariga kambag‘alligi, kam suv 
saqlash kobiliyati, nam sig‘imining kichikligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Toshli va shag‘alli, ya’ni skeletli tuproqlarni unumdorligi past, shu sababli 
ishlab chiqarish qobiliyati kichik bo‘ladi. 
Gidromorf tuproqlarni unumdorlik darajasi ularning boshqa xossalari bilan bir 
qatorda gleyli qatlamining joylashgan o‘rniga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda ularni 
baholashda gleylashganlik darajasini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lar 
edi. Lekin hozirgacha bu xususiyatlarga etarli e’tibor berilmaydi. 
O‘zbekistonda gidromorf tuproqlar maydoni sug‘oriladigan yerlar miqdorini 
50% ni tashkil qiladi. 
Gleyli va gleylashgan qatlamlar odatda strukturasiz, zichlashgan bo‘lishi bilan 
birga mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir bo‘ladi. 
Bu xodisa gidromorf tuproqlarni suv-fizik va kimyoviy xossalarini 
yomonlashtiradi. Cho‘l va chalacho‘l mintaqalarining sug‘oriladigan maydonlarida 
gleyli qatlamlar temir, alyuminiy, fosfor, marganets va boshqalarning oqsidlarini 
hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu birikmalar, ya’ni gleyli qatlam ildiz tarqalgan 
maydonlarga yaqin joylashgan taqdirda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga salbiy, 
ya’ni zaharli ta’sir qiladi. 
Gleyli qatlamlarda har xil sharoitlarda, muhitga bog‘liq ravishda vodorod 
sulfidi, metan, karbonat angidridi va boshqa gazlar ham hosil bo‘lib turadi. Bu gazlar 
ma’lum sharoitlarda o‘simliklar va tuproq biotasi uchun ijobiy va salbiy ta’sir 


23 
ko‘rsatadi. Ayrim hollarda qatlamdagi boshqa mineral birikmalardan ham bu gazlarni 
calbiy ta’siri kuchli bo‘ladi. 
Misol uchun tuproq havosi tarkibida vodorod sulfidning miqdori 10 % dan 
oshsa, ko‘pchilik o‘simliklar halok bo‘ladi. Buning aksicha karbonat angidridining 
tuproq havosi tarkibidagi miqdori oshsa, madaniy o‘simliklarga ma’lum darajada 
ijobiy ta’sir qiladi. 
Ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga, hosiliga tuproq tarkibidagi, uning har xil 
qatlamlaridagi gips va uning miqdorlari ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Gipsli, gipslashgan tuproqlar Farg‘ona vodiysida, Jizzax va Mirzacho‘lda, 
Sherobodda, Malikcho‘lda, Ustyurt platosida keng tarqalgan. Gipsli tuproqlarda 
dehqonchilik qilinadi. Ularda oziqa elementlari, gumus kam bo‘ladi. Gipsli tuproqlar 
yomon suv-fizik xossalarga ega, aksariyat hollarda sho‘rlashgan.
Gipsli tuproqlarni unumdorlik darajasiga gips miqdori va uning joylashgan 
o‘rni, shakli katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Tuproq tarkibidagi gipsga hamma vaqt ham salbiy oqibat deb qarash to‘g‘ri 
emas. Gips ma’lum miqdorlarda tuproqni suv va havo o‘tkazuvchanligini 
yaxshilaydi, ayni vaqtda kaltsiyni asosiy manbai rolini o‘ynaydi. 
Albatta karbonatli tuproqlarda kaltsiy manbai rolini gips bilan bir qatorda 
kaltsiy karbonat ham bajaradi. 
Gips tuproqlarni sho‘rtoblanishdan himoya qiladi, sho‘rtob tuproqlarni 
davolashda asosiy ximmeliorantlar qatorida turadi. Kuchli gipslashgan qatlamlar 
yomon suv-fizik xossalarga, kapillyarlikka ega bo‘ladi. Bunday qatlamlarda kapillyar 
ko‘tarilish balandligi 20-80 sm dan oshmaydi. 
Ko‘pchilik tuproq-iqlimiy tumanlardagi sizot suvlari murakkab kimyoviy 
tarkibga ega bo‘ladi. Sizot suvlarini sathi, mineralizatsiyasi, kimyoviy tarkibi 
bevosita tuproq unumdorligiga ta’sir etibgina qolmasdan, har xil chuqurlikda xilma-
xil tuzli qatlamlarni ham hosil qiladi. Ana shunday qatlamlardan biri arzik-shoxli 
qatlam bo‘lib, gidrokarbonatli, sulfatli, magniy va kaltsiyli sizot suvlari bilan bog‘liq. 
Arzik-shoxli qatlamlar ko‘pincha 0,5-1,5 m chuqurlikda uchraydi. 
Bu qatlamlar suv va havo hatto ildizlar o‘tmaydigan qattiq, zich bo‘lib, tuproq 
unumdorligini keskin kamaytirib yuboradi. 
Gips va tosh-shag‘alli, qumli, gleyli, shox-arzikli qatlamlarni joylashgan 
chuqurligi, gumus qatlami qalinligi kabi kattaliklarni tuproqni bonitirovkalashda 
foydalanadigan maxsus koeffitsiyentlari ishlab chiqilgan. 
6-jadval. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin