20
- yerga solinadigan soliq hajmini aniqlash
- hosilni rejalashtirish
- noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun yerni ajratishni asoslash
- yerga to‘lanadigan to‘lov (kompensatsiya) miqdori
- arendaga va fermer xo‘jaliklariga berilganda, pay shaklida foydalanganda yer
maydonlarini narxini aniqlashda.
- qishloq xo‘jalik korxonalarini xo‘jalik faoliyatini baholashda
- yerdan ratsional va samarali foydalanishni rag‘batlantirishda
- yerdan noto‘g‘ri foydalanishda jarimalarni miqdorini belgilashda
- tuproqni degradatsiyalanishdan,
ifloslanishdan saqlash, unumdorligini oshirish va
qayta tiklash va boshqalar.
Tuproq bonitirovkasi - tuproqning unumdorlik darajasini miqdor jihatdan
baholash demakdir. Bu baholash nisbiy bo‘lib, solishtirish asosida olib boriladi.
Tuproqni bonitirovkalash uni xossa va xususiyatlarini hisobga olish asosida
bajariladi. Bunda ekin turining hosili bilan tuproq xossalari o‘rtasidagi
eng zich
bog‘lanish aniqlanib, shu asosda tuproq baholanadi. Bonitirovka ishlarini natijalari
ballarda ifodalanadi.
Tuproq bahosi bilan o‘simlik turi va hosili o‘rtasida maxsus bog‘lanishlar
bo‘ladi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar bonitirovkasi etakchi o‘simlik hisoblangan
g‘o‘za asosida olib boriladi. G‘o‘za majmuasi o‘simliklari uchun ishlangan.
Hozirgacha O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarni bonitirovkalashda har xil
usullardan foydalanilgan.
Bu usullarga 1969 yilda nashr etilgan Genusov A.Z., Gorbunov B.V. va
boshqalar tomonidan ishlangan, hamda 1989 yilda nashr etilgan Li V.N., Elyubayev
S.M. va boshqalarni ishlarini keltirish mumkin. Bulardan tashqari 1977
yildagi
Shreder V.R., Reshetov G.G. ishlarini keltirish mumkin.
Sug‘oriladigan yerlarni tabiiy xossalariga qarab baholash uslublarini ichida
nisbatan mukammal uslub tariqasida J. Sattorov, J. Kungirov va boshqalarni 1994
yildagi ishlari hisoblanadi.
Va nixoyat 1998 yilda "O‘zdavyerloyiha" Yer kadastri filiali xodimlari Li V.
N., Maqsudov J. M., Akramov I. A. hamda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy
tadqiqot instituti olimlari Qo‘ziyev R.Q., Turapov I. T.
lar tomonidan yuqoridagi
uslubiyatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan eng yangi
usul ishlab chiqildi.
Yangi usulda negizli jadval (shkala) tuproqlarni genetik guruhlari va mexanik
tarkibiga tayangan holda tuzilgan.
Oldingi
negizli
jadvallar
esa
yerlarni
sug‘orilganlik darajasi va
madaniylashganligi asosida tuzilgan. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlashda mavhumlikka
ko‘p marta duch kelinar edi.
Yangi uslubiyatda yuqorida qayd qilinganidek tuproqlarni
tabiiy xossalariga
ko‘ra baholashda ularni genetik guruhlariga va mexanik tarkibiga tayaniladi.
Bulardan tashqari tuproqni sifat jihatdan baholaydigan muhim agronomik xossalariga
asosan
maxsus
bonitirovkalovchi
koeffitsiyentlar
hisoblab
chiqilgan.
Bu
koeffitsiyentlardan tuproqni bonitirovkalash jarayonida foydalaniladi.
21
Uslubiyatga ko‘ra g‘o‘za ekinlari asosida ishlangan bonitet ballari sholi va
kanop ekinlardan boshqa barcha qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonlarni
baholashga loyiq.
Tuproqlarni baholash yopiq 100 balli shkala asosida olib boriladi.
Eng yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan, yaxshi fizik,
kimyoviy, biologik
xususiyatlarga ega bo‘lgan yerlar 100 ball bilan baholanadi. Boshqa yerlar bularga
nisbatan baholanadi. Shuning uchun ham bu usul nisbiy sanaladi.
Dostları ilə paylaş: