Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


TUPROQLARNI BONITIROVKALASH SHKALASI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
TUPROQLARNI BONITIROVKALASH SHKALASI 
Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproqda kechadigan barcha kimyoviy
fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik va boshqa jarayonlar tez-tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Bunday sharoitda tuproqni qator xususiyatlari o‘zining turg‘unligini yo‘qotadi, qisqa 
vaqt ichida o‘zgaradigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun tuproqni baholashda hosil 
bilan korrelyatsiyalanuvchi mezonlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish zarur. 
Mezonlar nisbatan turg‘un, ya’ni tez-tez o‘zgarmaydigan va qishloq xo‘jaligi 
ekin turining hosili bilan yaxshi korrelyatsiyalanuvchi bo‘lmog‘i darkor. 
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bunday mezonlar qatoridan tuproqni 
mexanik tarkibi joy oladi. Mexanik tarkibni nisbatan konservativ ekanligini o‘z 
vaqtida Mitcherlix, Rassel, Vilyams, Kachinskiy va boshqalar aniqlaganlar. 
Tuproqni mexanik tarkibi uning unumdorligini boshqa xossalaridan ko‘ra ham 
ko‘proq ifodalaydi. 
Mexanik tarkib tuproqning o‘zak, ya’ni eng asosiy xususiyati bo‘lib, uning 
onalik jinsiga bog‘liq ravishda kelib chiqadi. Tuproqni mexanik tarkibi ko‘pchilik 
hollarda onalik jinsidan nasldan-naslga o‘tgan kabi o‘tadi. 
Izlanishlar natijasiga ko‘ra og‘ir mexanik tarkibga ega tuproqlarni nisbatan 
ko‘p oziqa elementlari va suv saqlashi isbot qilingan. Ayni bir vaqtda suv va havo 
o‘tkazish qobiliyati esa pastroq hisoblanadi. 
Engil mexanik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlar og‘ir mexanik tarkibli 
tuproqlarga nisbatan kam miqdorda oziqa elementlari va suv ushlab turadi, aksincha 
suv va havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi. 
Tuproqlarni xususiyatlarini e’tiborga olgan holda nisbatan yangi hisoblangan 
bonitirovkalash shkalasi quyidagicha tuzilgan. Bu shkalada genetikaviy guruh va 
mexanik tarkib asos uchun qabul qilingan. 
5-jadval 
Bonitirovkalash shkalasi. 
Tuproqlarni genetik
guruhlari (tuproq tipi, tipchalari, 
nomlanish katori) 
Mexanik tarkibi 
Qumli Qumloq 
Engil 
qumoq 
O‘rta 
qumoq 
Og‘ir 
qumoq 
Gleyli 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin