Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, «go‘zallik falsafasi» degan ibora estetikaga ko‘proq mos keladi. Negaki, fanimiz faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Shuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘’jizaviylik, xayoliylik, uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz estetikadeb ataymiz.
Estetika qadim-qadimlardan ko‘pgina fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo‘lgan falsafa haqida, ular orasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tdik. Estetika uchun yana bir aloqador, «qadrdon» fan axloqshunoslikdir. Bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat o‘zida birvarakay ham ezgulik, ham estetikaxususiyatlarini mujassam qilishi mumkin. Shu sababli «avesto», «bibliya» va «qur’on» kabi muqaddas kitoblarda, suqrot, aflotun, forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni - ichki go‘zallik, estetikani - tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar.