Estetikaning pedagogika bilan aloqasini biz tarbiya muammolarining hal qilinishida ko‘ramiz. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda estetik tarbiyabilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, mustaqil qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o‘quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. H. Pedagogika ana shu soha va yoshlar bo‘yicha olib borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o‘rganadi. Estetika esa estetik tarbiyaning umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug‘ilganidan boshlab, to o‘lgunigacha bosib o‘tadigan bosqichlar uchun umumiy bo‘lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko‘radi. Demak, rus nafosatshunosi M.Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo‘lsa, estetika uning strategiyasidir.

Estetikaning asosiy kategoriyalari
Zero, go‘zallik- estetikaolamining mag‘zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, estetika, estetika, go‘zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi.
Go‘zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go‘zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go‘zallik tushunchasining o‘zaro hech bir umumiyligi bo‘lmagan turli-tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog‘liqdir.
Go‘zal bo‘lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg‘u qo‘zg‘atgan narsani ko‘rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go‘zal ekanligini tushuntirib berish ancha mushkul. Xuddi shu tarzda go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan.