Eksperiment — ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o‘rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadi, bir yoki bir necha o‘zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o‘iganiladi. Eksperimentning ikki turi farqlanadi: laboratoriya ekspermenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment chog‘ida esa sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zriqish, tadqiqot natijalarini o‘zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlami bartaraf etish imkonini beradi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya qilish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva va Yu.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bo‘lib, ular quidagilardan iborat:
1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini aniq belgilash, eksperimentda ishlatiladigan usullar, eksperimentni o‘tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish, barcha sharoitlami oldindan yaratib qo‘yish zarur.
2. Eksperimentni o‘tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatni o‘matish, muloqotga do‘stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o‘z oldiga o`tqazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov sur’atlarini bolaning individual—psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur.
3. Bola bilan o‘tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida o‘zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini to‘ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Buterbrot metodi
Avvaldan bilgan ma`lumotlaringizni yozasiz.
Bugungi siz uchun yangi olgan bilimlaringizni kiritas.
Mavzu bo`yicha umumiy hulosa chiqaras.
Uyga topshiriq: 1. mavzu bo`yicha ma`lumotlar izlash(2bet) 2. Mavzuni yaxshilab o`qish. 3. 5ta test tuzish.