Презентация к уроку по Зарубежной литературе в 9 классе
Xulq atvorni boshqaruvida bazal gangiliyalarning ahamiyati. Reja: 1.Xulq atvor nima.
2.Xulq atvorni boshqaruvi.
3.Gangiliyalarning ahamiyati.
Xulq, xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari X.dan tashqari odob va axloqkp oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng , axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi.
Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, Xulq yaxshilik va yomonlik, burch, jo'mardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va boshqa axloqiy meʼyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa Xulq bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi.
Nerv tizimining filogenezi Reja: 1.Nerv tizimining filogenezi 1- bosqichi.
2.Nerv tizimining filogenezi 2-bosqichi.
3.Nerv tizimining filogenezi 3- bosqichi.
Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi:
I-bosqich to‘rsimon nerv tizimi. Bu bosqichda nerv tizimi (gidra) nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘simtalari bir-biri bilan qo‘shilib to‘r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra: Ektodermada joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar tafovut qilinadi. Tanani qaysi joyiga ta’sir qilinsa ham, ichki hujayralar qo‘zg‘aladi va tirik organizm harakat qiladi.
II-bosqich tugunli nerv tizimi. Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar to‘planib nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo bo‘ladi. Nerv o‘simtalarining to‘planishidan nerv dastalari hosil bo‘ladi. Bunda nerv o‘simtalari ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Nerv dastalari tugunlarni ikki yo‘nalishda: ko‘ndalangiga- segmentlar ichida, bo‘ylamasiga - har xil segmentlar o‘rtasidagi tugunlarni bir-biriga qo‘shib turadi. Shuning uchun ularning ma’lum nuqtalaridagi ta’sirot ma’lum segment sohasiga tarqaladi. Nerv tugunlari hayvonlarni bosh qismida ko‘proq to‘plangan bo‘lib sezgi a’zolari bilan bog‘lanadi.
III-bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari bir-biri bilan bog‘lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida bo‘shlig‘i bo‘ladi. Bu bosqichda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat bo‘lib, neyronlarning o‘simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohaga tarqaydi.