Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages



Yüklə 63,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü63,63 Kb.
#208781
1   2   3   4   5   6
pedagogik-konfliktlarni-oldini-olishda-muomala-madaniyati-va-muloqot-qoidalarining-ahamiyati-xususida

 
Keywords: 
pedagogical conflict, communication, communication culture, 
understanding, contradictions, conflict situations, advice, conversation, patience, 
conflict resolution, competition, body language, threat, information synthesis. 
Milliy mentalitetimizda muomala madaniyati asosan o‘zaro hurmat asosida 
“Assalomu alaykum. Va alaykum assalom” dan boshlanadi. Ana shu so‘zlar orqali 
insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, bir-birlari bilan tanishadi va o‘z 
muammolari, ehtiyojlarini qondirib, muammolarini ham hal qilishlari mumkin. Bu 
so‘zlarni kishi tomonidan yoqimli va beg‘araz ifoda etilishi suhbatdoshining ham 
kayfiyatini ko‘tarib, murojaat qilayotgan insonga nisbatan mehrini oshiradi. Shuning 


International scientific-practical 
conference on the topic of “Problems 
and perspectives of modern technology 
in teaching foreign languages” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 
760 
w
www.oriens.uz
February 
2022
 
uchun ham xalqimizda “Salom qanday bo‘lsa, alik ham shunday”, degan naql bor. 
Salomlashish odobiga rioya qilish, suhbatdoshga nisbatan iliq va do‘stona 
munosabatda bo‘lish kishilar ko‘nglidagi ko‘pgina ilmoqli tugunlarni yechish uchun 
sharoit yaratadi. 
Ma’lumki, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni barkamol shaxslar sifatida 
shakllantirish muammosi har doim ham, har qanday jamiyatning asosiy vazifasi 
bo‘lib kelgan. Bugungi kunda Oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogik 
konfliktologiya” fanini o‘qitishdan maqsad asosan o‘quv jarayoni sharoitida turli 
shakl va turdagi nizolarning oldini olish orqali ta’lim samaradorligiga erishish, 
pedagogik va o‘quvchilar jamoasida do‘stona ruhiy barqarorlikni ta’minlashni ko‘zda 
tutadi. Ushbu maqsadlarga erishishning zaminida o‘zaro muomala madaniyati va 
muloqot qoidalari yotadi.
Shaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala madaniyati bo‘lsa, xulq-atvor, 
odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir 
xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga aylangan 
urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy. 
Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan kelib chiqadi. Bu 
esa barkamollik belgisi bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga, ma’naviyat va ma’rifatga borib 
bog‘lanadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog‘lom avlodgina yurtning porloq kelajagidir. 
Qushning parvozini qo‘sh qanotisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganidek, 
insonning iqboli va yurt istiqbolini ham ta’lim-tarbiya va ma’naviyat-ma’rifatsiz 
tushunish, idrok etish mushkul. 
Allomalarimizning e’tirof etishlaricha, mulk sohibi bo‘lishdan ko‘ra, ko‘ngil 
sohibi bo‘lish sharofati haqida mumtoz adabiy merosimizda ibratomiz fikrlar bisyor. 
Inson dilini ovlash, unga mehr berish, samimiy tilaklar izhor etish ilinji sharq 
adabiyotida juda sharaflanib, ta’riflangan. Sababi, dunyoda bir ilm borki, bu 
adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Bu insonshunoslikdir. Ushbu ilmning 
ibtidosi esa inson diliga yo‘l izlashdir. Ilmu fan ham, ma’naviy madaniyat va san’at 
ham shu haqda bosh qotirib kelgan. Bu esa komil inson konsepsiyasidir. 
Inson qalbiga yo‘l topilmasa, barcha sohalarning rivoji, jamiyat taraqqiyoti 
haqidagi so‘z puchga aylanadi. Insonning ongu shuuri, qalbigina ulug‘ va 
qutlug‘ ishlarga qodirdir. Bu qalbda dunyoqarash va tafakkur qudrati bor. Tafakkur 
va ongning yuksakligiga erishmasdan turib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizning 
ro‘yobini tasavvur etish mushkul. 



Yüklə 63,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin