International scientific-practical conference on the topic of “Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 762
w www.oriens.uz February 2022 narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub, tarbiyasiz,
axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib
yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur [Jumaniyozov R.2015: 25].
Ma’rifatli, ma’naviyati yuksak bo‘lgan o‘qituvchilar muomala madaniyati
ko‘pchilikka ibrat bo‘la oladi. Bunday toifadagi o‘qituvchilarni o‘quvchilar jon-
dilidan yaxshi ko‘rib, bergan topshiriqlarini bekamu-ko‘st bajaradilar.
Xushmuomalalik, xushfe’llik, beozorlik, muloyimlik, hayo-ibolilik har doim ham
ularning husniga husn, obro‘siga obro‘ qo‘shgan. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”
asarida “Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q” – deya bejiz ta’kidlamagan.
Beandishalilik, befahmlik, befarosatlik esa kishini aqldan, hayodan judo qiladi.
Sharq odobnomasida qayerga borish, qanday so‘rashish, qayerda o‘tirish, qanday
so‘zlash, kimlarning suhbatida bo‘lish muomala madaniyatining mezonlari sifatida
ko‘p bor tilga olingan. Sa’diy Sheroziy “Shirin so‘zli shilgay dushman po‘stini,
dag‘al so‘zli dushman qilgay do‘stini” — deya o‘rinli ta’kidlagan.
Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarini uchinchi renesans poydevorini
yaratishga qodir raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash muammosi oliy ta’lim
muassasalari professor-o‘qituvchilariga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida tarbiyaga oid fanlarni o‘qitish jarayonida
talabalarga xushmuomalalilikni, inson qalbiga yo‘l topish tilsimlarini o‘rgatish
zarurati mavjudligini unutmaslik kerak. O‘zaro do‘stona munosabatlar, shirinsuxanlik,
dilkashlik orqali har doim ham sodir bo‘ladigan pedagogik konfliktlarni oldini olish
imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘quv jarayonida pedagogik nizolarning oldi olinishi
talabalarining nafaqat ta’lim samaradorligini ta’minlaydi, balki muomala
madaniyatlarini takomillashishiga ham xizmat qiladi.
Ma’lumki, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida e’tirof
etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan pedagogik
konfliktlarni profilaktika qilish, korreksiyalash va bartaraf etish ko‘nikmalarini
shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chirchiq davlat pedagogika instituti “Pedagogika va menejment” kafedrasi
professor-o‘qituvchilari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar diqqatga
sazavordir. “Pedagogika va psixologiya” hamda “Ta’lim muassasasini boshqarish”
yo‘nalishidagi ikkinchi va uchinchi kurs talabalari bilan bevosita o‘quv jarayonida
o‘zaro hamkorlik asosida dual darslarni tashkil etish orqali sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan nizolarni oldini olish ko‘nikmalari shakllantirib borilmoqda. Talabalar
passiv ravishda tayyor bilimlarni o‘zlashtiruvchi sub’yekt sifatida emas, balki