Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages


International scientific-practical



Yüklə 63,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü63,63 Kb.
#208781
1   2   3   4   5   6
pedagogik-konfliktlarni-oldini-olishda-muomala-madaniyati-va-muloqot-qoidalarining-ahamiyati-xususida

International scientific-practical 
conference on the topic of “Problems 
and perspectives of modern technology 
in teaching foreign languages” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 
761 
w
www.oriens.uz
February 
2022
 
“Inson xushfe’l, kamsuqum, xokisor, oliyhimmat, muloyim, beozor bo‘lsa, 
ko‘pchilikning e’tirofu e’tiboriga tushadi. Chunki, e’tirof e’tiborga, e’tibor ehtiromga, 
ehtirom esa e’zozga eshik, ezgulikka beshikdir. Odamzotinng kimligini, 
ma’naviyatini atrofdagilariga bo‘lgan munosabatidan anglab olish qiyin emas. 
Chunki, muomala inson xulq-atvorining ziynatidir. Kishi xulqi bilan nazarga ham
hazarga ham duchor bo‘lishi hech gap emas” [Jumaniyozov R.2015: 20]. 
Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonning xulqi va 
nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab 
kuzatarlar” — degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” — 
deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini 
sezish qiyin emas. 
“Qalbga yo‘l ma’rifatdan boshlanadi. Ma’naviyatli inson kimga, nima haqda, 
qachon, qayerda, qanday qilib va qancha aytishni biladi va amal qiladi, shu asnoda 
obro‘ qozonadi, e’tiborga tushadi. Bir so‘z va bir xatti-harakat e’tirofga yoxud 
e’tirozga, nazarga yoxud hazarga, yaxshilikka yoxud vahshiylikka sababkor qilishi 
hech gap emas. Shundagina voizning o‘zi ham, so‘zi ham joiz bo‘ladi, suhbatdoshi 
qalbida iz qoldiradi. Ma’rifatli inson madaniyatli ayni damda ma’naviyatlidir. 
So‘zlash ma’rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash ma’naviyatdandir. Johil kishi 
so‘zning qiymatini va o‘zining qadrini bilmagani uchun xushmuomalada bo‘lolmaydi. 
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va olishish uchun esa bilim, tafakkur
yuksak darajadagi xulqiy va nutqiy madaniyat zarur;” [Jumaniyozov R.2015:23]. 
“Gʻurbat izlaganga–g‘urbat bu dunyo, 
Illat izlaganga–illat bu dunyo, 
Kim neni izlasa, topar begumon, 
Hikmat izlaganga–hikmat bu dunyo” – deb yozadi shoir Sadriddin Salim 
Buxoriy. 
Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida 
odamzot tabiatidagi maqbul va nomaqbul xislatlarni qayd eta turib, insonlarni 
yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytarguvchi ilm bu axloq ekanini 
ta’kidlaydi. “Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad 
ko‘z ila bor narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan 
ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon 
bo‘ladur. Jasadning surati hammaga ma’lum bir narsadurki, har vaqt ko‘zga ko‘rinib 
turadur. Ammo nafsning surati ko‘zga ko‘rinmaydurgan, aql ila o‘lchanadurgan bir 



Yüklə 63,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin