Proceedings of Global Technovation
3
rd
International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from Granada, Spain
https://conferencepublication.com
January 30
th
, 2021
55
So`fining bu gapidan ular borgan ziyofatni qanchalik dabdabali o`tganini payqash qiyin emas. Nega
―qiyomat‖ so`zini o`xshatish qilib olgan? Sababi, birinchidan, so`fi dindor inson bo`lgani uchun u aytadigan
o`xshatishlar ham din bilan bog`liq bo`ladi.
Ikkinchidan, oʻta qizgʻin kechgan avj suhbat huddi qiyomat
kuniday degan ma‘noda shu o`xshatish orqali kuchaytirilgan.
Zebi Cho`lpon asarining markaziy qahramonlaridan biri.
U tabiatan nozik, bo`ysunuvchan, mute,
moʻmin, iffat- hayoli dilbar qiz. ― Muallif asarning boshidan oxirigacha Zebi harakteridagi samimiyatni,
ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko`rsatadi. Uning tomirlarida navqironlik jo`sh uradi, ko`nglida esa
tevarak- atrofni qurshab olganlarga, dugonalariga, bahorga, hamma- hamma narsaga muhabbat hokim!‖ [5.
Naim Karimov. XX asr oʻzbek
adabiyoti, 189-bet].
Asar boshidanoq Zebi tarifi bilan boshlanib, asosiy voqealar ining tevaragida sodir bo`ladi.
Bu qiz
haqida Miryoqubning fikriga ahamiyat berilsa:
“-Juda yaxshi, bulbul singari ovozi bor ekan, ovozini Dovud payg`ampar singari deyishadi…. “
(―Kecha va kunduz‖ romani, 66-bet)
Bulbul sayroqi, xushovoz qoʻshligi ma‘lum.
Azaldan ovozi chiroyli insonlarga nisbatan bulbul
qiyos qilinadi. Nega Dovud payg`ambarga ham o`xshatilgan?
Dovud alayhissalomning judayam xushovozligi haqida rivoyatlar mavjud.[6. ―Qisasi Rabgʻuziy‖, 2-
kitob, 23-bet]. Mumtoz adabiyotda ham Dovud alayhissalom go`zal va ta‘sirchan
ovozlilik ramzi
hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham Dovud payg`ambarga o`xshatilgan.
M. Baxtin aytadi, ―shaxs ekstensiv ochib berishlikni talab qilmaydi, u yolg`iz bir tovushda namoyon
bo`lish, birgina so`z orqali ochilishi mumkin‖.[7. M. Baxtin. Estetika slovesnogo tvorchestva, 130 s.]
Asardagi markaziy qahramonlardan biri Akbarali obrazi ham romanning g`oyaviy
konsepsiyasida
juda muhim o`rin tutadi. Roman yaratilishida yozuvchi Akbarali uchun qora bo`yoqlarni ayamaydi. Tuzuk-
quruq o`qishni bilmaydigan sodda mahalliy amaldor haqida asarda shunday deyiladi:
―
Yurtni keksa odamlari o`zaro so`zlasharkan, bu mamlakatda hech bir xon va xonvachchaning
muncha uzoq yurt so`ramaganini aytadilar. Mallaxonlar, Xudoyorxonlar, Nasriddinbeklar yurt ustidan
Dostları ilə paylaş: