Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya ta’limi metodikasi” kafedrasi


-rasm. Milliy ko’ylak bo’laklarini yig’ish



Yüklə 194,7 Kb.
səhifə8/8
tarix25.12.2023
ölçüsü194,7 Kb.
#194745
1   2   3   4   5   6   7   8
Jumanazarova M Metodika

1-rasm. Milliy ko’ylak bo’laklarini yig’ish

1-yoqani-yoqa o’miziga o’rnatish; 2-kaketkani etak yuqori ochiq qirqimiga ulash;


3-engni-eng o’miziga o’rnatish; 4-engni yashirin qaviq bilan tikish;
5-etakni yashirin qaviq bilan tikish.

KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
  • tikuv mashinalari: 1022 kl, maxsus mashina 51 kl;


  • dazmol, qolip;


  • ayollar milliy ko’ylagidan tikma namunalar;





Bitta o’quvchi uchun:
  • yo’l-yo’riq texnologik xarita;


  • qo’l ishlari asboblaridan 1 ta to’plami, dukcha;


  • W 50: W80 – iplardan 1 ta g’altak, turli nomerli iplardan 1 ta to’plam, 1 ta qaychi, 1 ta sm. lenta;


  • koketkalarni tekshirish uchun yordamchi andoza;


  • bo’r, to’g’nog’ichlar, angishvona.





«MILLIY KO’YLAKNI YIG’ISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA


Texnologiya asosida faoliyat turlari


Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar


Chizma


Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi


I


II


III


IV

1. Adibni koketkaga ag’darma chok bilan biriktirish va yoqani bir yo’la yoqa o’miziga o’tqazib koketka astarini abraga biriktirib tikish.


Universal mashina.











Ostki yoqani asosiy bo’lak o’ngiga qaratib qo’yiladi ostki yoqa qirqimini yoqa o’mizi qirqimiga to’g’rilab ustki yoqa qirqimini asosiy bo’lak qirqimidan ishlov haqqi kengligicha chiqarib qo’yiladi. Yoqa ustiga, old bo’lak bort ishlov haqqi o’ngini ichkariga qaratib bukiladi yoki alohida bichilgan adibni o’ngini pastga qaratib qo’yiladi va yoqa asosiy bo’lak tomondan ag’darma chok bilan tikiladi.











2. Yoqani yoqa o’miziga ulash chokida 2 sm oraliqda kertim berish.


Qaychi.




Ulangan chokning har 2 sm oraliqda tikilgan chokka 0,1 sm yotkazman kertim beriladi. 159 bet 1 b.


3. Koketkani bort uchlaridagi chok haqqini kertish va koketkani o’ngiga ag’darish.


Qaychi, dukcha.





Koketkani bort uchlaridagi chok haqqini tikilgan chokka 0,1 sm yetkazmay kesiladi va o’ngiga ag’darib bort uchlari dukcha yordamida chiqariladi va bort bilan yoqa to’g’rilanadi.


4. Koketkadagi bort ziyini va bir yo’la yoqani ulash chokini ko’klash.


Ip, igna, angishvona.





Kaketkadagi bo’rt ziyini va bir yo’la yoqani ulash chokini to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi.


5. Koketkadagi bort ziyini va yoqani ulash chokini dazmollash.


Dazmol, mato.




Tikib ko’klangan bort ziyini va yoqani ulash choki maxsus qolipli yostiqcha yordamida dazmollanadi.


6. Koketka astari va avrasini yelka chokida, qo’lda ko’klab biriktirish.


Ip, igna, angishvona.





Tikib tayyorlangan koketka astari va abrasini yelka choklari ustiga qo’yib, to’g’rilanib qo’lda ko’klab, biriktirib chiqiladi.


7. Old koketkani astari bilan ochiq qirqim bo’yicha ko’klash.


Ip, igna, angishvona.



Old bo’lak astar etaki bilan astar (etak) koketka ni o’ngini o’ngiga qaratib qirqimlarini to’g’rilab qo’yib teskari tomondan 1 sm chok bilan biriktirib tikiladi.


8. Ort koketkani astari bilan ochiq qirqimi bo’yicha ko’klash.


Ip, igna, angishvona.


Ort koketka astari bilan ustma ust qo’yib o’ngi tomonidan ochiq qirqimli ko’klanadi.


9. Old bo’lak etaki yuqori qirqimiga koketkani biriktirib tikish.


Ip, igna, angishvona, universal mashina.





Old bo’lak etaki o’miziga old koketka o’ngini qo’yib, qirqimlari to’g’rilanib, biriktirib 1 sm ga tikiladi.


10. Ort bo’lak etakiga koketkani biriktirib tikish.


Ip, igna, angishvona, universal mashina.


Ort bo’lak etaki o’ngiga ort koketka qirqimlari to’g’rilanib, biriktirma chok bilan tikiladi. Chok haqqi - 1 sm.


11. Old va ort etaklarni koketkaga ulangan chokini yo’rmalash.


Maxsus mashina.




Old va ort etaklarni koketka bilan ulangan choki maxsus yo’rmalash mashinalarida yo’rmalanadi.


12. Old va ort etaklarni koketkaga ulangan chokni yotqizib dazmollash.


Dazmol, qolip.




Ulangan choklar yuqori tomonga yotqizib dazmollanadi.


13. Yengni yeng o’miziga o’tqazish.


Ip, igna, angishvona,





Yengni yeng o’miziga to’g’ri o’tkzish uchun uni oldin maxsus to’g’nog’ichlar bilan kertimlarni to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Keyin yengni o’mizga ko’klanayotganda ignalar olib tashlanadi. Yengni ko’klab o’tkazish uchun yengni asosiy bo’lak yeng o’mizi ichiga o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan sirma qaviqlar bilan ko’klanadi. Qaviq yirikligi 0,5 sm. Yengdagi eng ko’psalqi qiyama qismida bo’lib, qolgan joyida deyarli salqi hosil qilinmay ko’klab o’tkaziladi. Ko’klash chokining kengligi 0,7-0,8 sm bo’ladi.


14. Yengni o’mizga ko’klagan chokni dazmollash.


Dazmol.



Yeng ko’klab o’tkazilgandan keyin hosil qilingan salqilar dazmollab kirishtiriladi.


15. Yengni o’mizga biriktirish.


Universal mashina.



Yengni mashinada o’tqazishda bahyaqator yeng ko’klangan qaviqlardan 0,1-0,2 sm oraliqda yuritiladi.


16. Yengni o’mizga biriktirgan chokni yo’rmash.


Maxsus mashina.





Yeng yotqizilgan chok qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.


17. Yengni o’mizga yo’rmalangan chokni dazmollash.


Dazmol, qolip.




Yeng yo’rmalangandan keyin hosil qilingan solqilar dazmollab kiritiladi.


18. Yeng uchi va ko’ylak etakini bukib tikish.


Igna, ip, angishvona.





Yeng uchi va ko’ylak etakini ko’rinmas qaviqqator bilan mahkamlab tikiladi.


19. Oxirgi ishlov berish. (NIIB).


Dazmol, mato, qaychi.




Ko’ylakni ortiqcha iplardan tozalanadi, yeng uchi va ko’ylakni etak old va orqa bo’laklari dazmollanadi.




http://fayllar.org
Yüklə 194,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin