Kurs ishining maqsadi:
Maktab o’quvchi yoshlariga texnologiya darslarida «ko'ylakni bichish va tayyorlash texnologiyasi» amaliy mashg'ulotini o'qitish o’qitish metodikasi orqali bolalarga yaxshi bilim berish.
Kurs ishining vazifasi:
- O’quvchilarga o’lchash va rejalash qurollari, ulardan foydalanishni o’rgatish
- ko’ylakni bichish qurollari, ulardan foydalanishda turli xil metodlardan foydalanib o’quvchilarni qiziqtira olish.
Kurs ishini primeti:
O’quvchilarga «ko'ylakni bichish va tayyorlash texnologiyasi» mavzusini o’qitish metodikasi.
Kurs ishining obekti:
Maktab va kasb-hunar o’quvchi yoshlari
Kurs ishining hajmi:
Kurs ishi Kirish, Asosiy qism, 2 bob, 4 ta paragrif, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB.
Texnologiya darslarida «Ko'ylakni bichish va tayyorlash texnologiyasi»amaliy mashg'ulotini o'qitish metodikasi
«Milliy ko’ylak va lozim andozasini tayyorlash, gazlamaga joylash, bichish»
Bugungi kun o‘quvchisining tinglovchi bo‘lib qolishi, faqat yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan muloqot qilish, oxirgi partada o‘tirgan o‘quvchini nazardan chetda qoldirish biz, pedagoglarga ishonib topshirilgan vazifani suiiste’mol qilish bilan barobardir. Har safar darsga kirar ekanman, qizlarning bilimga chanqoq, beg‘ubor ko‘ziga qarab, bugungi sabog‘im bichish-tikish bo‘ladimi, taom tayyorlash texnologiyasimi — mustaqil hayot uchun zarur ekanini his qilaman. Maktabda tikish-bichish texnologiyasini o‘rgatish bosqichma-bosqich olib boriladi. 5-6-sinfda modellashtirish, matolardan gullar, munchoqlardan bezaklar tayyorlashni bilib olgan o‘quvchilar o‘zlari orziqib kutgan ko‘ylak tikishni 7-sinfda o‘rganadilar. Ammo darslikda berilgan ko‘ylak bichimi formulalarini ko‘rganda, bu ish biroz murakkabdek tuyuladi. Xo‘sh, nima qilmoq kerak?
Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlik asosida vazifasini almashib turishi maqsadga muvofiq. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchi rolini bajarishi, o‘quvchi ham o‘z vaqtida ham o‘rgatuvchi, ham ekspert vazifasini ado etishi mumkin. Texnologiya darsini tashkil etish jarayonida shu usul juda qo‘l keladi.
Ko‘ylak bichish va tikish texnologiyasini o‘rgatish uchun rejada 10—12 soat vaqt ajratilgan. Bunda har bir o‘quvchiga o‘zi yaratmoqchi bo‘lgan ko‘ylak dizaynini chizib kelish vazifasi topshiriladi. O‘quvchilarning chizgan rasmlari ko‘ylak uchun o‘lcham olinadigan darsda ko‘rib chiqiladi va galdagi vazifa belgilanadi. Har bir dizaynning o‘ziga xosligi, go‘zalligi e’tirof etilib, kelgusi darsda o‘quvchilar o‘zlari ustozlik qilishi mumkinligi tushuntiriladi. Masalan, keyingi ko‘ylakning old qismini bichish darsida qaysidir o‘quvchi ko‘ylakning old o‘mizini uchburchak, kimdir yumaloq shaklda chizgan bo‘lishi mumkin. Xuddi shu o‘quvchilarga keyingi darsda ustozlik qilish vazifasi topshiriladi. Xohlovchlar dugonalariga yordam berishi mumkinligi aytiladi.
Keyingi darsda esa, o‘qituvchi turli slaydlar, texnologik xaritalar yoki multimedia vositalaridan foydalanib, ko‘ylak old qismini qayiqcha qilib bichish texnologiyasini o‘rgatadi va uchburchak hamda yumaloq shakldagi bichimlarni o‘rgatish uchun o‘quvchilarga navbat beradi. Bu paytda o‘qituvchi o‘rganuvchi rolini bajaradi. O‘zi “tushunmagan” o‘rinlarda o‘quvchiga savol berib turishi ham mumkin. Ushbu holat ko‘ylak bitguncha davom etadi. Chunki qaysidir o‘quvchi ko‘ylak yengini noan’anaviy, ya’ni pastga qarab kengaygan yoki kapalaksimon qilib chizgan bo‘lishi mumkin. Kimdir ko‘ylak etagini kengroq, yana kimdir boshqacha tasvirlagan. Har bir darsda o‘qituvchi boshlang‘ich tushunchalarni beradi va shogirdi bilan o‘rin almashadi. O‘quvchilar o‘zi dars o‘tadigan kunni zo‘r hayajon bilan kutadi, ustozidan tinmay maslahat olishga, dugonalari bilan hamkorlikda ishlashga, tushunish qiyin formulalar sirini ochishga harakat qiladi. Uyiga borganida ham oynaga qarab dars o‘tishni mashq qiladi va o‘z loyihasini hammadan yaxshiroq taqdim etish uchun tirishadi. O‘qituvchi shunday yo‘l tutishi kerakki, dars o‘tmagan o‘quvchi qolmasin. Albatta, o‘qituvchi darsni o‘zi xulosalaydi, xatolarni tuzatadi va baholarni e’lon qiladi.
Andozalar tayyorlash uchun mustaqil ravishda madel-konstruktsiyasi chizmasi, kiyim bo’laklarini yig’ishning chizmasi (texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etilgan materiallar xossalari xaqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. (T-33, 35 – modullarga qaralsin). Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (ko’krak, bel, bo’ksa, o’rta chiziq, etak, yeng uchi, yoqa, vitochka); bo’laklardagi montaj kertiklar o’rni, burmalar o’rni, latskanni bukish chizig’i aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Montaj kertiklar ko’ylak yon choklarida (2 ta dan) koketkani ulash qirqimida, old bo’yin o’mizida, old va orqa koketka pastki chizig’ida, yeng qiyamasida belgilanadi. Burmalar o’rni okat va gavda qismini koketkaga o’lash chizig’i bo’yicha ko’rsatiladi.
Ko’ylak uchun asosiy (avra) va hosila (astar) andozalar, lozim uchun asosiy andozalar ishlab chiqiladi. (1-jadval).
Asosiy andozalar yoqa, old, ort koketka, etak (bo’y), yeng, lozim uchun, hosila andozalar old va ort koketka uchun ishlab chiqiladi. Ko’ylak va lozim bo’laklari andozalarini qurish va rasmiylashtirish tartibi 1 a, b, v – rasmlarda chok haqlari qiymatalari 2-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi: Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |