Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari. Prognozlash usullari va ularning turlari. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari
Prognoz - bu ehtimoliy yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi. Prognozlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k. Iqtisodiy prognozlash – bu iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yo‘llari yig‘indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir
Prognozlarning turlari
Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib tuzilishi mumkin. Masalan, ob’ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
Ekspert usuli. Bu usul boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish (anketa, intervyu) va ularni tahlil qilishga asoslanadi. Shu bilan birga prognoz maqsadi ekspertlar tomonidan qilingan tahlilga asoslanadi.
2
Ekstrapolyatsiya – bu ob’ektning bo‘lishi mumkin bo‘lgan rivojlanishini o‘rganish va uning kelajakdagi rivojlanish qonuniyligidir.
Izlanuvchi prognozlar: izlanayotgan ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanish darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob’ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday rivojlanishini o‘rganishdir.
Normativ prognozlar: izlanuvchi prognozlaridan farqli o‘laroq oldin qo‘yilgan maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan ob’ektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir.