Programmalash asoslari fanining ishchi o’quv dasturi bilim sohasi



Yüklə 71,21 Kb.
səhifə2/21
tarix07.12.2022
ölçüsü71,21 Kb.
#72908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Programmalash asoslari (1)

Fanning maqsad va vazifalari
Fanning o’qitishdan maqsad – Amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishining bakalavr bosqichi talabalariga programmalash asoslarini yetarli darajada o’qitish, shu bilimlarga tayangan holda tadbiqiy masalalarni yechish uchun programma ta’minotini yaratish va ixtisoslashgan fanlarni o’zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo’lish.
Fanning vazifalari: Tadbiqiy masalalarni hisoblash tizimi yordamida yechish bosqichlari xususiyatlarini o’rganish, algoritm xossalari, tasvirlash usullari va murakkabligini tahlil qilish, yuqori va quyi darajali programmalash tillari yordamida ma’lumotlarni tasvirlash, qayta ishlash usul va vositalarini nomoyon etish, zamonaviy programmalash muhitlari va texnologiyalarini qo’llash fanning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar
Programmalash asoslari fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar:
Nazariy jihatdan: SHEHM va uning programma ta’minoti arxitekturasi; algoritmlarning turlari, murakkabligi, ularni yaratishning to’liq bosqichlari; programmalash tillari va tizimlarining tarkibi; ma’lumotlar strukturasining xususiyatlari; programmalshning klassik metodlari va zamonaviy texnologiyalari g’oyalarini bilishlari kerak.
Amaliy jihatdan: Turli sanoq sistemalarida berilgan sonlar ustida amallar bajarish; algoritmlarni tasvirlash usullarini qo’llash; ma’lumotlarni oddiy va murakkab, statik va dinamik strukturalarni tasvirlash; operatsion sistema bilan muloqat qilish; programmalash tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish; quyi (assembler) va yuqori darajali (C++) programmalash tillari yordamida programmalar yaratish; programmalashning klassik metodlari (strukturali va modulli) va zamonaviy texnologiyalari yordamida programma ta’minotini loyihalash kabi masalalarni yecha olishi kerak.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Mazkur fan o’quv rejasidagi Informatika, Algoritmlar nazariyasi, Diskret matematika va matematik mantiq, tizimli va amaliy dasturlash va ixtisoslik fanlari bilan uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika kurslarida olingan nazariy va amaliy bilmlar zarur bo’lsa, o’z navbatida bu fandan olingan bilimlar o’quv rejasiga kiritiladigan ixtisoslik fanlari: ma’lumotlar bazalarini boshqarish sistemalari, Web-programmalash va programmalash texnologiyalarini umumiy nazariyasini chuqur o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi.

Yüklə 71,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin