Progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir



Yüklə 324,3 Kb.
səhifə1/12
tarix06.06.2023
ölçüsü324,3 Kb.
#125765
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy

1- Iqtisodiyotning rivojlanish evolyusiyasida iqtisodiy maktablar va ularning g‘oyalari, Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish – aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish maktablari va g’oyalari: Merkantilizm-.«Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida uchraydi. Lug'aviy rna'nosiga ko'ra bu so'zi talyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Namoyandalari: T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya). Merkantilizm prinsiplari: 1) boylikning statik ekanligi. 2) Oltin va qimmatbaho metallar to’plash; 3) savdo balansini rivojlantirish; 4) Katta aholiga egalik qilish ;5) mustamlakalardan foydalanish 6) protektorizm siyosati . Fiziokratlar - Fiziokratlar savdo va ishlab chiqarish sanoatiga qarama-qarshi bo'lib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan yalpi daromadning ortig'ini beradigan yagona kasb, shuning uchun yagona ishlab chiqarishdir. Fiziokratlar (frantsuzcha physiocrates, yunoncha physis - tabiat va krátos - kuch, kuch, ya'ni "tabiat kuchi") - 18-asrning 2-yarmidagi fransuz iqtisodchilar maktabi. Yo'nalish asoschisi -F. Quesnay , taniqli vakillari -A. R. Turgo, V. Mirabou, P. Dyupon de Nemur. Fiziokratlarning asosiy g'oyalari : – iqtisodiy tadqiqotlarni aylanma sohasidan ishlab chiqarish sohasiga o'tkazdi ( Qishloq xo'jaligi); – merkantilistlarni tanqid qildilar: ular hukumatning e'tiborini savdoni rivojlantirish va pul jamg'arishga emas, balki "yer mahsuloti"ning mo'l-ko'lligini yaratishga qaratish kerak, deb hisobladilar, bu ularning fikricha, haqiqiy farovonlikdir. millatdan; – ish haqi eng kam yashash vositasidir, chunki ishchi kuchi taklifi unga bo'lgan talabdan oshib ketadi. Klassik iqtisod- sanoat rivojlanishi.Klassik iqtisod xususiyatlari: 1) iqtisodiyot o’zini -o’zi boshqaradi 2) uzoq muddatli muvozanatga e’tibor qaratdilar. Klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra foiz stavkasi iste’mol va jamg’armaning belgilashdagi asosiy faktor hisoblanadi. marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, oxirgi, qo‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo‘llanildi yangi yo‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri SHveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. Keynschilik- j.m.Keyns asoschisi. Belgilari:1 iqtisodiyot davlat tomonidan boshqarilishi kerak ayniqsa inqiroz davrida 2) talab ni rivojlantirish tarafdori 3) qisqa muddatli muvozanatni qo’llash tarafdorlari Keyns davlat sarf xarajat qilishi tarafdori bo’lgan/





Yüklə 324,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin