Progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir


zamonaviy jamiyatdagi iqtisodiy prinsplar: Klassik va Keynscha iqtisodiy g‘oyalarning o‘xshash va farqli jihatlari



Yüklə 324,3 Kb.
səhifə4/12
tarix06.06.2023
ölçüsü324,3 Kb.
#125765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy

4.zamonaviy jamiyatdagi iqtisodiy prinsplar: Klassik va Keynscha iqtisodiy g‘oyalarning o‘xshash va farqli jihatlari. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Keyns taklif etgan konsepsiyaning mohiyati quyidagilardan iborat.Birinchidan, ushbu konsepsiyani samarali talab nazariyasi deb atashadi. Keynsning g‘oyasi shundan iboratki, yalpi talabni rag‘batlantirish va faollashtirish orqali ishlab chiqarishni hamda tovar va xizmatlarni kengaytirishga ta’sir qilish edi.Ikkinchidan, ushbu konsepsiya investitsiyalarga hal qiluvchi ahamiyat beruvchi nazariyadir. Investitsiyalardan keladigan daromad oshgan sari investitsiya hajmi ham oshib boradi, demak, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati ham yuqori bo‘lib boradi.Uchinchidan, bu nazariya davlatga foiz stavkasini boshqarish orqali investitsiyalarga ta’sir o‘tkazishi yoki ijtimoiy ishlarga va boshqa sohalarga davlat investitsiyalarini yo‘naltirishga imkoniyat beradi.
klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. SHuni aytish kerakki, A.Smitning “ko‘rinmas qo‘l” prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga olinmoqda. U o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi



Yüklə 324,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin