Progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir


Amaliy ekonometrikaning iqtisodiy o‘sishni taxlil qilishdagi roli



Yüklə 324,3 Kb.
səhifə5/12
tarix06.06.2023
ölçüsü324,3 Kb.
#125765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy

5.Amaliy ekonometrikaning iqtisodiy o‘sishni taxlil qilishdagi roli,
EKONOMETRIKAning predmeti – bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishini miqdoriy jihatdan ifodalashni o‘rganishdan iborat. Ushbu termin ikkita so‘z “EKONOMIKA” va “METRIKA” so‘zlarining yig‘indisidan hosil bo‘lgan. Grek tilidan tarjima qilinganda OIKONOMOS (ekonomist)– bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o‘lchov ma’nolarini bildiradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishdagi afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtirilayotgan ob’ektga omillarning ta’sirini, natijaviy ko‘rsatkichga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi. Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ekonometrikaning vazifalari: 1) Modelni spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish. 2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash. 3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va modelning o‘zini tekshirish. 4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqishIqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Kuzatuvlar soni omillar sonidan 4-5 marta ko‘proq bo‘lishi kerak. Ekonometrik modellar va modellashtirishning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi


Yüklə 324,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin