14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi birinchi qismi 12-bandiga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga:
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida — muntazam
ravishda;
o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida — zudlik bilan;
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida — har olti oyda axborot taqdim
etadi.
Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan
tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga
nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki
bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy
huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib
turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi
mumkin.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga
o‘z faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya
vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risida”gi axborotini ko‘rib chiqish Tartibi ga qarang.