Viloyatlar,
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga
tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning
tegishli va quyi organlari
majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
II BO‘LIM. PROKURATURA ORGANLARI
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi;
viloyatlar va Toshkent
shahar prokuraturalari;
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy prokuraturasi,
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
Oldingi
tahrirga qarang.
tuman prokuraturalariga
tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport
va ixtisoslashtirilgan
prokuraturalar.
(10-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-
iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti
va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari
faoliyat ko‘rsatadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Dostları ilə paylaş: