Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy 
prinsiplari 
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, 
markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir. 
Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona 
markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga 
va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har 
qanday, shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u 
o‘z bo‘ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga aniq rioya etishlari va ularni 
bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday 
asoslarga ko‘ra qilinishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


Prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari 
hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga 
oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 145-moddasi 
birinchi 
qismi
; Jinoyat Protsessual kodeksining 33-moddasi 
uchinchi qismiga 
qarang. 
Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda 
bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning 
daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va 
dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan 
tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
197-moddasi 
hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
236 
va 
239-moddalariga 
qarang. 
Prokuratura organlarining xodimlari o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni 
to‘xtatib turadilar. 
 LexUZ sharhi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
prokurorlari:
har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari 
Kengashlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
zarur bo‘lgan hollarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qonuniylikning va 
jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida xabardor qiladi. 
(5-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi 
kurashga doir faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, o‘zining faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonunchilikda belgilangan 
tartibda ta’minlash yo‘li bilan o‘z faoliyatini oshkora amalga oshiradi. 
(5-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin