Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Prokuratura organlarining hay’atlari



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

19-modda. Prokuratura organlarining hay’atlari 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
(rais), uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, 


prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
prokuraturasida, 
viloyatlar, 
Toshkent 
shahar 
prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi 
o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at 
tuziladi. Hay’atning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan 
prokuraturalarda tuziladigan hay’atlar maslahat organlari bo‘lib, ular qonuniylik va 
jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishga doir va 
boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy bo‘linmalari 
rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi. 
Hay’at qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin. 
III BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI 
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT 
20-modda. Nazorat predmeti 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar 
tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti 
hisoblanadi. 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin