Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Prokurorlarning vakolat muddati



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy 
prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning 
vakolat muddati besh yil.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) 
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi 
o‘rinbosariga, o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasi birinchi qismi 
6-bandiga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini 
lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 18-apreldagi O‘RQ-285-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 160-modda) 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va 
bo‘limlar tashkil etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh 
boshqarmalar, boshqarmalar, bo‘limlarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, katta prokurorlar, 
prokurorlar, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha 
tergovchilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va 
lavozimdan ozod etiladilar. 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin