O„zbekiston Respublikasida uzliksiz ta„lim tizimini tashkil etish va uning tashkiliy bo„linmalarini belgilash uchun “Ta‟lim to„g„risidagi qonun” qabul qilingan. Ta‟lim to„g„risidagi qonunda uzliksiz ta‟limni barcha tamoyillari belgilab berilgan.[
3]
Dunyo miqyosida rivojlanish Respublikamiz ta‟lim tizimini tashkillashtirish va uni boshqarish tamoillari modernizasiyalashni ta„lab etmoqda. Shuning uchun xam O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF- 5763-son "Oliy va o„rta maxsus ta„lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to„g„risida"gi Farmoni e„lon qilindi. [
2] Farmonda Oliy va o„rta maxsus, kasb-hunar ta„lim tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta„minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni
tashkil etish maqsadida, shuningdek 2017 - 2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi hamda O„zbekiston Respublikasida Ma„muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq katta o„zgarishlar kiritildi. [
1]
Joriy yilning 6 noyabr kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta„lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi farmoni qabul qilingan edi.[
4] Farmonda maktab ta„limi bo„yicha ilg„or davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya ta„lim tizimining o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish vazifasi yuklatildi. Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiyani misol qilib ko„rsatilgani bejizga emas. Ushbu mamlakat ta„lim sifatini baholash bo„yicha o„tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi o„z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin o„quvchilari PISA tadqiqotidagi barcha yo„nalishlarda savodxonlik va ta„lim tengligi ko„rsatkichlari bo„yicha eng yaxshi natijalarga erishgan.
Xalqaro o„quvchilarni baholash dasturi (PISA -
The Programme for International Student Assessment) shunday tadqiqot dasturlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. PISAning o„ziga
xos xususiyati shundaki, u sof bilimni emas, balki turli
1 Farg‘ona
davlat universiteti, matematika-informatika fakulteti, axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi