Finlyandiyada uch yillik o„quv dasturi bo„lgan Yuqori O„rta Maktab mavjud bo„lib, u o„quvchilarni universitetga kirishini belgilaydigan Matritasiya Testiga tayyorlaydi. Odatda bu yerda o„qitiladigan narsalar o„quvchilarning «o„rta maktab» da o„qigan vaqtlarida olgan mutaxassisliklariga asoslanadi.
Mamlakatda yana kasb-hunar ta„limi ham mavjud bo„lib, bu uch yillik dastur, talabalarni turli sohalar bo„yicha o„qitadi. Agar ular universitetga hujjat topshirishni istasalar, Matritasiya testidan o„tishlari ham mumkin.
Erta uyg„onish, avtobusga chiqib olish uchun shoshilish, ertalab va maktabdan tashqari mashg„ulotlarda qatnashish talaba uchun juda ko„p vaqt talab etadi. Ba„zi darslar ertalab soat 6 dan ertalab 8 gacha boshlangani bu sizning sinfingizda darslarga umuman qiziqmagan uykuga to„ymagan o„spirinlar borligidan dalolat.
Finlyandiyada darslar soat 9:00 - 9:45dan boshlanadi. Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, darslarning juda vaqtli qo„yilishi talabalarning farovonligi, salomatligi va yetukligiga zarar yetkazadi. Fin maktablari kun chiqqandan keyin boshlanadi va odatda soat kunduzgi 2:00 dan 2:45 gacha tugaydi. Dasrlar orasida ko„proq tanaffuslar qo„yilgan. Umumiy tizim o„quvchilarga faqat ma„lumotlar taqdim etish emas, balki yaxlit ta„lim olish uchun ham munosib muhit yaratishga xizmat qiladi.
Finlyandiya o„z maktablari bilan qanday ish olib borishi haqida umumiy tendensiya mavjud. Kamroq stress, kamroq keraksiz regimentasiya va ko„proq g„amxo„rlik. Odatda talabalar kuniga atigi bir necha darsga qatnashishadi xolos. Ular bir necha marta ovqatlanishlari, dam olishlari mumkin. Kun davomida darslar oralig„ida 15-20 daqiqali intervallar bo„lib, bunda bolalar biroz dam olishlari, toza havoda sayr qilishlari mumkin.
Bunday muhit o„qituvchilarga ham kerak. Finlyandiya maktablarida o„qituvchilar xonalari bo„lib, ularda dam olish, darsga tayyorgarlik ko„rish yoki shunchaki suhbatlashib o„tirish mumkin. Finlandiyada o„qituvchilar faoliyatini samarali tashkil qilish uchun ularning zimmasidagi keraksiz topshiriqlarni kamaytirishga urg„u beradilar.
OECD tomonidan taqdim etilgan ma„lumotlarga ko„ra, Finlyandiyada talabalar dunyodagi boshqa talabalarga qaraganda eng kam uy vazifalarini bajaradi. Ular har kuni uyda atigi yarim soat davomida maktabdagi vazifalar ustida ishlashadi. Fanlardan talabalarga darsdan keyin qo„shimcha o„itadigan repititorlar ham yo„q.
Fan o„quvchilari maktabda bajarilishi uchun zarur bo„lgan hamma narsani, biron bir mavzuning zavqini keltiradigan qo„shimcha bosim o„tkazmasdan olishadi. Baholar haqida tashvishlanmasdan ular eng muhim masalaga o„rganish va mutaxasislar malakasini oshirishga e„tibor qaratmoqdalar. Bu esa mazkur ta„lim tizimining butun dunyodagi eng yaxshi tizim deya tan olinishiga sababchi bo„ldi.