XOTIRA SIFATLARI VA TURLARI Xotiraning quyidagi sifatlari mavjud:
a) ko`lami esda olib qolingan materiallarning miqdori
b) esga tushirishning aniqligi
v) esda olib qolishning tezligi
g) o`zlashtirilgan materialni uzoq vaqt saqlanishi
d) xotiraning tayyorligi, kerak bo`lgan vaqtda kerakli materialni tez esga olish tushirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu xususiyatlar kimda yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning xotirasini yaxshi xotira deyish mumkin. Lekin, kishilarning ko`pchiligida xotiraning ba’zi sifatlari yaxshi bo`lsa, boshqa sifatlari yomon rivojlangan bo`ladi.
XOTIRA TURLARI Psixik faolligiga ko`ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`lishi mumkin. Faoliyat maqsadiga ko`ra – harakat emotsional, suz-mantiqiy, obrazli xotiraga ajratiladi. Materialni esda olib qolish muddatiga ko`ra uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi.
Xotiraning quyidagi individual turlari ajratiladi – ko`rish, eshitish, motor va aralash.
Ko`rish turi – ko`rish orqali materialni tez esda olib qolish.
Eshitish turi – eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish.
Motor – turi odamni qayta takrorlash yoki yozib olish orqali esda olib qolishidir.
Aralash turi – ko`rish, eshitish, ko`rish – motor, eshitish – motor turlari haqida gapirish mumkin. Xotira sifati xotirada olib qolish tezligi, esda olib qolish mustahkamligi, esga tushirish tezligi bilan xarakterlanadi.
3. Esda olib kolishning yo`llarini bilmaydigan va puxta esda qoldirish uchun zarur shart sharoitlarini hisobga olmaydigan kishilar ko`pincha uz xotiralarini yomoniligidan nolib yurishadi. Shu bilan birga xotirani buzilish hollari ham bo`lishi mumkin. Kishining xotirasi biron bir kuchli, ta’sir (ko`p hollarda qo`rqish) miyaning katta yarim sharidagi kishi xotirasi bilan bog`liq bo`lgan markaziy nerv xujayralarining shikastlanishi oqibatida buzilishi mumkin. Shizofreniya, skleroz kabi kasallik turlari xotiraning buzilishi bilan bog`liq. Psixokorrektsiya - inglizcha so`zdan olingan bo`lib - shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo`llash jarayoni. Kishi xotirasini psixokorrektsiya orqali rivojlantirish va shakllantirish mumkin. Bularning o`ziga xos qoidalari mavjud. 4. Maktab o`quv tarbiya jarayonini tashkil etishda diqqatning barcha turlariga asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. O`quv jarayonida ixtiyorsiz diqqat muhim rol’ o`ynaydi. Ixtiyorsiz diqqatning boshlangich sinflardagi roli ayniqsa kattadir. Chunki kichik yoshdagi o`quvchilarda diqqatni ixtiyoriy ravishda biror narsaga qaratish qobiliyati sust rivojlangan bo`ladi. Maktab ish tajribasida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni birga qo`shib olib borish va ixtiyorsiz diqqatga tayangan holda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash zarur. Butun o`qitish jarayonini to`g`ri va puxta uyushtirish o`quvchi diqqatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Diqqat ta’limning muvaffakiyatliligi shartlaridan biri bo`lgani holda uning shakllanishi ham ushbu jarayonining o`zida yuz beradi.
O`quv faoliyati ayniqsa ixtiyoriy dikkatni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarning dars paytidagi diqqati darsning tuzilish xususiyatlari bilan belgilanadi, o`rganilayotgan materialning mazmuniga ham, uning o`qituvchi tomonidan bayon qilinishiga ham bog`liq bo`ladi. O`quvchilar diqqatining safarbar etilishi o`qituvchi nutqning xususiyatlariga, uning aniqligi va ifodaliligiga va shu kabilarga ham bog`liqdir. Diqqatni jalb qilishda ko`rgazmalilik (kartinalar, jadvallar, chizmalar va boshqalar)dan maqsadga muvofiq foydalanish katta ahamiyatga ega. O`quvchilarning diqqatining uyushtirishida o`qituvchilarning izchil va muntazam talabchanligi muhim rol’ o`ynaydi. Ba’zi psixologlar (P.Ya.Gal’perin) diqqatni nazoratining alohida psixologik ta’siri deb tushunadilar. O`quvchilar diqqatining yosh davr xususiyatlarini ham, individual xususiyatlarini ham hisobga olish ta’lim tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Masalan, kichik maktab yoshida diqqatning etarli darajada ob’ektga to`planmaganligiga, jumladan aqliy faolikka etarli emasligiga, o`quv faoliyati ko`nikma va malakalarining shakllanmaganligiga, bola irodasining kuchsizligi sabab bo`lishi mumkin.
Pedagogik faoliyatda diqqatning tashqi ko`rinishidagi individual xususiyatlarni ham inobatga olish muhimdir. Tashki belgilariga - aft - angorning o`zgachaligiga, yuzlarning ifodasiga va nigohning qaratilganligiga qarab diqqatning yo`naltirilganligini va uning to`planganligi darajasini aniqlash mumkin.
Koos kubiklari metodikasi 1923 yilda S.C Koh3 tomonidan taklif etilgan bo`lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik ko`rish yasash xususiyatlarini o`rganishga mo`ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1959-1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.
Link kubi metodikasi diqqat barqarorligini, ziyrakligini, aniqlashga imkon beradi.
P’eron-Ruzer metodikasi ko`rish-yasash xususiyatlarini, maqsadga yo`nalgan ko`nikmalarini, egallash imkoniyatlarini, xarakterlarning yangi usullarini o`zlashtirishni o`rganishga mo`ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin.
Diqqatning ko`chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o`rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o`zgartirilgan variantini etilgan metodikaning o`zgartirilgan variantini qo`llash mumkin.
Shul’t jadvali bo`yicha sonlarni izlash metodika diqqatning ko`chishi va bo`linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o`rganish uchun foydalaniladi.
Krepelin bo`yicha sanash va hisoblash metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini aniqlash, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Bulardan korrektur sinovi metodikasi diqqatning tebranishini ko`rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil ko`ruv qo`zg`atuvchilarga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi.
Psixologiyada xotirani o`rganish uchun maxsus metodikalar mavjud. R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, 7-14 yoshli bolalar kattalarning ko`rish va eshitish xotirasini o`rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko`rish xotirasi o`rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o`qib bergan so`zlarni, predmetlarning nomlarini eshitib esda olib qolish qobiliyati o`rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o`tkazilmaydi, bu esa xotiraning o`rganilyoetgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi. Ko`rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etilgan metodika yordamida o`rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o`rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi. Har bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko`rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog`ozda ko`rgan narsasini qayta esga tushirib, chizish kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish kerak. Ko`rish xotirasini o`rganish testini Benton (1952) turli shakldagi rasmlarni ko`rib esda olib qolish xususiyatlarini ishlab chiqqan. Sinaluvchiga ko`rsatiladigan rasmlar 3 guruhga birlashtirilgan. Barcha guruhlar o`zaro teng. Ularning har biri 10 ta namuna kartochkalardan tuzilgan. Kartochkalarda bir nechta oddiy geometrik figuralar aks ettirilgan. Bavosita esda olib qolish metodikasi yordamida (A.N.Leont’ev, 1928) faqatgina assotsiativ, mantiqiy xotirani emas, balki tafakkur xususiyatlarini ham aniqlash mumkin. Bavosita esda olib qolish xususiyatlarini piktogramma, ya’ni rasmli assotsiatsiyalar metodi orqali ham o`rganish mumkin. Piktogramma eksperimental psixologik tadqiqot usuli sifatida birinchi marta L.V.Zankov (1935) tomonidan qo`llanilgan. Rasm va so`z o`rtasidagi assotsiativ aloqani shakllantirish jarayonida inson shunday mazmunli aloqalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar so`zni eslab qolish uchun yaroqli bo`ladi. (A.R.Luriya, 1967 ). Shuning uchun ham bu metodika orqali tadqiqot o`tkazish faqatgina assotsiativ, bavosita xotira xususiyatlarigina emas, balki fikrlash faoliyati xarakteri, tushunchali tafakkurning rivojlanish darajasi haqida ham bilish imkonini beradi. (S.V.Longinova, S.Ya. Rubinshteyn, 1972 B.R.Xersonskiy, 1988 )