58
II BO‟LIM. XUSUSIY PSIXIATRIYA
I-BOB: Aqliy zaiflik.
Aqliy zaiflik - psixiatriyada eng dolzarb muammolarning biri bo‘lgan,
etiologiya, patogenezi va klinik ko‘rinishi har xil bo‘lgan, umumiy belgisi - erta
yoshda tug‘ma yoki orttirilgan
umumiy ruhiy rivojlanmaslik, ko‘pincha aqliy
qobiliyatning etishmovchiligi bo‘lgan progredientsiz
patologik holatlardagi
kasallikdir.
Aqliy zaiflikning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
1. Aqliy zaiflikning o‘zgacha psixopatologik strukturasi va abstrakt
fikrlashning
sustligi, intellekt va emotsional sferada qo‘pol o‘zgarishlar
bo‘lmasligi.
2. Intellektual
yetishmovchilikning
progredientsizligining
sababi
–
ontogenetik rivojlanishining buzilishi.
3. Individning sust ruhiy rivojlanishi.
4. Qo‘shimcha mezonlari: bolalik davrida ijtimoiy
sharoitga moslashishini
buzilishi, ayniqsa maktabda o‘quv dasturini o‘zlashtira olmasligi.
Epidemiologiyasi. Aqliy zaiflik dunyoda keng tarqalgan (1–3%). Keyingi
yillarda aqliy zaiflikning sonining bir qancha o‘sganligi kuzatilmoqda.
Buning
sababi tibbiyot yutuqlari tufayli tug‘ma nuqsonlar va MNS nuqsonlari bilan
tug‘ilgan bolalarning tirik qolishlari va umumiy
yashash davomiyligining
o‘sishidir. Bir qator mualliflarning tasdiqlashicha, aqliy zaiflik bilan ko‘pincha
o‘g‘il bolalar aziyat chekadi.
Dostları ilə paylaş: