74
sanaydilar, o‗zlariga past baho beradilar va shuning uchun tez ranjib ketadilar. Ular
doimo bezovtalanib, hayajon bilan kelajakdagi qiyinchiliklarni qarshi oladilar.
Yangi va notanish sharoitda o‗zlarini noqulay sezadilar.
Asteniklar kuchli
ta‘sirlarga (shovqin, baland tovush) o‗ta chidamsiz bo‗ladilar.
Psixoastenik shaxs buzilishi – hayajonli ishonchsizlik, ikqilanish,
serhavotirlik belgilari bilan kechadigan shaxs buzilishlari. Bemor o‗z harakatlarini
ko‗p tahlil qiladi, o‗z-o‗zini baholash susaygan, kamdan-kam hollarda o‗zidan rozi
bo‗ladi. qiyinchiliklarni yengib keta oladimi yo‗qmi, shular haqida o‗ylaydi.
Bemorni atrofdagi kishilar bilan muloqatga kirishishda qiynaladilar.
Shizoid shaxs buzilishi – kamgaplik, odamoviylik,
real voqyelikdan
yiroqlashib qolganlik bilan tavsiflanadi. Ular atrofdagi kishilar, ota-onasi bilan
qiyin til topishadilar. Bolaligida
hech kimga aralashmaydilar, bir o‗zlari
o‗ynaydilar, o‗zlari bilan ovora bo‗ladilar. Shizoid psixopatlar atrofdagilarga, shu
jumladan yaqinlariga befarq bo‗ladilar. Atrofdagilar bilan rasmiy, sovuq muomala
bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: