Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Patogenezi urganilmagan.  Patoxarakterologik reaksiyalar tasnifi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
psihiatriya-qollanma

Patogenezi urganilmagan. 
Patoxarakterologik reaksiyalar tasnifi 
a) Norozilik(oppozitsiya) reaksiyasi. 
b)Imitatsiya reaksiyasi. 
v)Kompensatsiya reaksiyasi. 
g)Giperkompensatsiya reaksiyasi. 


76 
D)Emansipatsiya reaksiyasi.
ye)Tengdoshlari bilan guruxlanish reaksiyasi. 
j)Xobbi (kizikishlar) reaksiyasi. 
z)Seksual (jinsiy) perverziyalar. 
 
OPPOZITSIYA (NOROZILIK) REAKTSIYASI 
Kelib chikish sabablaridan: ota-ona orasidagi kelishmovchiliklar, ularning 
bolaga lokaydligi, oilada ikkinchi farzand dunega kelishi, bolaning xamiyatiga 
teguvchi yoki uni xakoratlovchi jazolarni kullash, maktab ukishini uzlashtira 
olmaslikni kursatish mumkin. Bu reaksiya eng kup uchraydi va xulkning turli xil 
buzilishlari kurinishida namoyon bo‘ladi. Ular asosida affektiv kechinmalar 
yotadi.Bu kechinmalar shaxs uchun sub‘yektiv (uta kimmatli) axamiyatga ega: 
yakinlarining munosabati bilan konikmaslik, kamsitilishi, noxak xafa kilishganidan 
azob chekish. 
Norozilik reaksiyasi ikki xil bo‘ladi: aktiv norozilik reaksiyasi va passiv 
norozilik reaksiyasi. 
Aktiv norozilik reaksiyasi turli xil psixologik kiyinchiliklarga (notugri 
tarbiya kurinishiga, kurkitishlarga, emotsional deprivatsiyaga, bolalar jamoasidagi 
kelishmovchiliklarga) bola yoki usmirning kuyidagi xulk buzilishlari kurinishida 
namoyon bo‘ladi: kuloksizlik, kupollik, urishkoklik. Bu buzilishlar yakkol 
vegetativ komponent bilan birga kechadi (yuzning kizarishi, terlash, taxikardiya) 
va bolaning uzgargan affektiv xolati uzok muddat saqlanadi. Bu xulk buzilishlari 
odat tusiga kirib kolishi va kaytarilish xususiyatiga egadir. Bunday xolatlar fakat 
bolani xafa kilgan shaxslarga nisbatan emas balki barcha kattalarga karatilgan va 
turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi. 
Bosh miyaning rezidual-organik buzilishlari yoki shakllanib kelayotgan 
shaxs buzilishi bo‘lgan bola va usmirda affektiv razryad juda kuchli bulganda aktiv 
norozilik reaksiyasi umumiy xarakat kuzgalishi («xarakat buroni») va ongning 
affektiv torayishi bilan birga kechadi.Fransuz olimlari (Michaux L.; Duche D. et 
al.,1958) Aktiv norozilik reaksiyalarning kuyidagi kurinishlarini: kaxr-gazabli 


77 
nojuya kiliklar, atayin teskari kilishga intilish, ugrilik, aldamchilik, xayvonlarni 
azoblash, zararkunandachilikni «psevdoperseverativ xulk» deb nomlashgan. 
Aktiv norozilik reaksiyasining «psevdoperseverativ xulk» bilan kechadigan
shakllariga misol:
Lobar M. 13 yosh. Ilk bolaligidan arazchan, xaddan ziyod uzini ayaydigan 
edi. Otasiz usganidan juda kaygurar edi. Ugay otasini yaxshi kabul kilib avvaliga 
uni ota deb ataydi. Lekin ugay otasi kizga kupol muomalada bulib uzining ugliga 
kuprok e‘tiborda buldi. Kiz indamas, odamoviy, ugay otasiga kupol muomala 
kiladigan bulib koldi. Keyinchalik bora-bora ugay otasi bilan umuman gaplashmay 
kuydi, urni kelganda xar safar otasining ugayligini yuziga soldi. Ugay otasiga va 
uning ugliga zararkunandaliklar kila boshladi. Singlli bulganligini sovukkonlik 
bilan kutib oldi va unga e‘tiborsiz buldi. Vakt o‘tishi bilan buvisiga, xolasiga va 
onasiga nisbatan kurs gap kaytaradigan bulib koldi, bir necha marta 5 yashar 
xolavachasiga kul kutardi. Maktabda xam uzini to‘tishi salbiy tomonga uzgardi: 
ukituvchilarga gap kaytaradigan, gap kutara olmaydigan, suroksiz sinfdan chikib 
ketish odatga aylandi. Darslarni uzlashtirishi pasayib ketdi. Ayrim xollarda 
navbatdagi janjaldan keyin uydan chikib ketib, uzok vakt kaytib kelmaydigan 
buldi. Uyqusi buzildi, uyqusida gapiradigan, kichkiradigan, kup yiglaydigan bulib 
koldi.
Passiv norozilik reaksiyasiga ovkatdan bosh tortish, uydan ketib kolish, 
mutizm, suitsidal xarakatlar va bir kator somatovegetativ funksiyalarning buzilishi 
(ayniksa kusish, enurez, enkoprez) xos. Yukorida keltirilgan buzilishlar albatta 
kuyidagi xulk uzgarishlari bilan birga kechadi: injiklik, odamoviylik, 
atrofdagilarga munosabatni salbiy tomonga uzgarishi, ular bilan bulgan emotsional 
yakinlikni yukolishi. 
Mutizmning kupincha elektiv (saylangan) shakli uchraydi. Passiv norozilik 
reaksiyasining bu kurinishi asosan bogcha va kichik maktab yoshidagi bolalarda (9 
yoshdan kichik) kuzatiladi. Kizlarda ugil bolalarga nisbatan ikki barobar kuprok 
uchraydi. Nutk funksiyasining yetishmovchiligi rezidual serebral-organik 
buzilishlar 
(KirichenkoYe.N..KaganskayaL.A.1974) 
va 
xarakteridagi 


78 
tormozlanuvchi xususiyatlarini ustunligi mutizmni kelib chikishida katta 
axamiyatga ega. 
Elektiv mutizmda bola nutkdan foydalanmaydi va bolaning noxush 
kechinmalariga sabab bulgan shaxs bilan suz mulokotidan bosh tortadi (masalan, 
ota yoki onasi, bogchadagi tarbiyachi, maktabdagi ukituvchisi va xokazo). Shu 
bilan birga bola uz tengdoshlari bilan va boshka kattalar bilan bolaning ruxiyatiga 
salbiy ta‘sir kilmaydigan sharoitda bemalol gaplashadi. Mutizm nisbatan kiska 
muddatli va chuziluvchan (2-3 yilgacha va undan xam uzok) bulishi mumkin. 
Uzoq muddat davom etgan mutizm xollarida shaxsning patologik shakllanishi 
kuzatiladi. 
Bunda 
isteroid 
tormozlanuvchi 
va 
psevdoshizoid 
shaxs 
xususiyatlari.shakllanadi va kuchayadi. 
Uydan ketib kolish kabi passiv norozilik reaksiyalari asosan maktab 
yoshidagi (pubertat) ugil bolalarda kuzatiladi. Bu reaksiya kupincha uydagi 
bo‘layotgan janjallarga, pedagogning noxak muomalasiga javoban paydo bo‘ladi. 
Noxush salbiy sharoitni caklanishi, notugri tarbiya kupincha ketib kolishlarni 
kaytarilishiga olib keladi. Vakt o‘tishi bilan «xulk stereotipligining fiksatsiyasi» 
yuzaga keladi va buning natijasida ketib kolishlar odat tusiga kiradi va arzimagan 
sabablar tufayli kaytarilaveradi Bunday noxush dinamikaga aksentuatsion 
xususiyatlar, rezidual serebral-organik 
yetishmovchilik, pubertat davrini 
disgarmonik kechishi sabab bo‘ladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin