91
Bir necha oy yoki 1-2 yilda bolada nutq defekti yuzaga keladi va logofobiya
rivojlanadi. Nevrotik duduqlanishga intensivlik doimiy bo‗lmaslik xos bo‗ladi,
ya‘ni kuchli duduqlanish hatto gapiraolmaslik holati, bemalol nutq so‗zlash bilan
almashib turishi kuzatiladi. Duduqlanish odatda emotsional taranglik holatida
kuchayadi. Nevrotik duduqlanish boshqa nevrotik buzilishlar (qo‗rquv, kayfiyat
o‗zgaruvchanligi, uyqu buzilishi, tiklar, enurez) bilan birga kechadi. Dinamikasi
turlicha bo‗lishi mumkin. Kuchli reaksiyalarda o‗tkir nevrotik reaksiya bilan
kechsa uzoq davom etuvchi psixogen omillar ta‘sirida prenevrotik, ya‘ni vaqti-
vaqti bilan kechadigan duduqlanish kuzatilishi mumkin. Kechuvi to‗lqinsimon
xarakterda bo‗ladi. Asosan 15-17 yoshlarda duduqlanish kuchayadi, bunga
logofobiya sabab bo‗ladi. Hattoki shaxsning nevrotik shakllanishiga sabab bo‗lishi
mumkin. Bu holatni nevrozsimon duduqlanishdan farqlash kerak. Bu duduqlanish
organik va somatogen buzilishdan kelib chiqib asta-sekin nutq rivojlanishini
susayishi holida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: