Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137
psihiatriya-qollanma

Reaktiv depressiyalar umidsizlik, ishonchsizlik, xafagarchilik, vegetativ 
buzilishlar va uyqusizlik bilan tavsiflanadi. Bemor hayolida faqat sodir bo‗lgan 
baxtsizlik bo‗ladi. Bemor o‗z holatiga tanqid bilan qaraydi. Bemor ko‗pincha o‗z 
holatini paydo bo‗lishida bo‗lgan hodisaga tegishli odamlarni ayblaydi. Reaktiv 
depressiyaning namoyon bo‗lishi real borliq hodisalariga bog‗liq bo‗ladi. Reaktiv 
depressiya odatda 2-3 oy davom etadi, lekin uzoq vaqt ham davom etishi mumkin.
Psixogen paranoid – o‗zining soddaligi, oddiyligi, obrazliligi, hissiy 
kechinmalarga boyligi, affektlar (qo‗rquv, hayajon) ning mavjudligi bilan 
tavsiflanadi. Shu bilan birga ta‘qib qilish, munosabat vasvasa g‗oyalari paydo 
bo‗ladi. Ularning mazmuni ruhiy jarohat keltirib chiqargan vaziyatga to‗g‗ri keladi. 


88 
Ko‗rish va eshitish gallyutsinatsiyalari ham uchrashi mumkin. Psixogen 
paranoidlar turlariga urush davri paranoidi, temir yo‗l paranoidi, qamoq paranoidi, 
induksiyalangan vasvasalar kiradi. 
 
 
BOLALARDAGI MONOSIMPTOMATIK NEVROZLAR 
Umumiy tushuncha 
Bolalardagi nevrozlar kattalar nevrozidan farq qilib ulardagi reaktiv holatlar, 
elementar somatovegetativ va harakat buzilishlari ruhiy buzilishlarga qaraganda 
ko‗p uchraydi Bolalardagi ruhiy buzilishlar asosan emotsional xarakterda bo‗ladi. 
Bu holatlar kichik yoshdagi bolalarga xos bo‗ladi.
Bolalardagi somatovegetativ va harakatning nevrotik buzilishlariga nisbatan 
izolyatsiyalangan yoki dominant holda bo‗lib, klinik kechuvida yetakchi o‗rinni 
egallaydi Shuning uchun bolalardagi nevrozlarni monosimtomatik nevrozlar 
deyiladi (Simson T.P., Suxareva G.E.). Ular sistemali nevrozlarga (Apter I.A., 
Myasihev V.N.) ma‘no jihatdan mos keladi. Bunda biron bir a‘zo va sistemalar 
faoliyatini buzilishi nevroz klinikasida yetakchi o‗rinni egallaydi. 
Ba‘zi olimlar bolalardagi nevrozlarning sistemali deb atalishini noto‗g‗ri
deb hisoblaydilar. Ular bu nomni umumiy nevrozlarning patogenetik
mexanizmiga to‗g‗ri kelmaydi deb hisoblaydilar. Lekin «monosimptomatik yoki 
sistemali nevroz» terminini taklif etgan olimlar buni shunday tushuntiradilar: 
bolalardagi nevrozlarda kuzatiladigan u yoki bu somatik sistemali buzilishlari 
klinikada yetakchi o‗rinni egallashi bilan birga bu kasallik oliy nerv tizimidagi 
buzilishlar bilan davom etadi shuning uchun bolalardagi nevrozlarni umumiy
nevrozlar patogenezini bir qatori sifatida qarash mumkin va bu hech qanday 
noto‗g‗ri tushuncha bo‗lmaydi deyiladi. 
Etiologiya 
Nevrozlar bu psixogen kasallik bo‗lgani uchun ularni kelib chiqishiga u yoki 
bu turdagi ruhiy kechinmalar stress holatlari yotadi. Bolalarda nevrozga sabab 
bo‗luvchi omillarni o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki bu ruhiy ta‘sirotlar 


89 
asosan qisqa muddatli va kuchli ta‘sir etuvchi omillardir, ya‘ni nevrozlar bolalarda 
ko‗proq qo‗rquv bilan davom etuvchi shok va subshok xarakterdagi ruhiy 
travmalar kamroq holda va asosan o‗smirlarda uzoq davom etuvchi ruhiy 
travmaga olib keluvchi holatlar hisoblanadi. Substrat omillar zamin omillar: 
nevropatik va rezidual serebral–organik yetishmovchiliklar bo‗lib ularni kelib 
chiqish asosida anti- peri- va erta postnatal davrdagi bosh miyaning organik 
buzilishiga olib keluvchi omillar yotadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin