Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
psihiatriya-qollanma

Ikkinchi (narkomanik) bosqich. Bu bosqich 50 foizdan ortiq bemorlarda 
26—36 yoshlar orasida rivojlanadi. Alkogolizmning ikkinchi bosqichi alkogol 
abstinent sindromining paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Birinchi bosqich 


100 
alomatlari yuqolib ketmaydi, ular kuchayishi yoki ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin. 
Birinchi bosqichdan ikkinchisiga o‘tish asta-sekin bo‘ladi. Bu bosqichda alkogolga 
tolerantlikning yanada oshishi kuzatiladi, u eng baland darajaga etadi. Alkogol 
iste‘mol qilishi butunlay ichki sabablarga bog‘liq bo‘lib qoladi, bemor ichkilikdan 
o‘zini tiya olmay qoladi. Psixologik engib bo‘lmaydigan istak bilan bir qatorda 
alkogolga jismoniy qaramlik paydo bo‘ladi. Alkogol metabolizmning muhim 
tarkibiy qismi bo‘lib qoladi, bu ichkilik ichishni to‘xtatib qo‘yilganda yuzaga 
chiqadi. Bunda abstinent sindrom yoki alkogol ochligi sindromi hosil bo‘ladi. Bu 
somatovegetativ, nevrologik va ruhiy alomatlardan tashkil topgan alomatlar 
majmui deb ham yuritiladi. Bu sindrom quyidagi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. 
Umumiy tremor, til, qovoqlarning titrashi, behollik, terlash, ko‘ngil aynishi, ich 
qotishi, ishtaha yo‘qligi, bosh og‘rishi, vahimali tushlar ko‘rish, uyqusizlik 
kuzatiladi. Munosabat, vasvasa g‘oyalari bo‘lishi mumkin. Abstinent sindromining 
og‘ir hollarida bemor kechasi deyarli uxlamaydi, ko‘zini yumib yotganda ham 
shaklsiz mayda narsalarni, ba‘zan ko‘rqinchli, fantastik mahluqlarni ko‘radi. 
Psixosensor buzilishlar — chuqurlikka tushib ketayotganday bo‘lishi mumkin. 
Ba‘zi og‘ir hollarda patologik reflekslar, gallyutsinozlar va hatto tutqanoqlar 
kuzatilishi mumkin. 
Yaqin odamlarning nasihatlari, ishda intizomiy tanbeh berilishi, 
vrachlarning ko‘rsatmalari o‘zoqqa bormaydi. Bemorlar o‘zlariga nisbatan tanqidiy 
fikr yuritmaydilar, ichkilikka berilganliklarini qandaydir tashqi sabablarga: do‘stlar 
bilan uchrashishga, do‘stlarni kuzatishga, havoning sovuqligiga, charchoqlikka, 
xotin bilan urishishga, ishdagi ko‘ngilsizlikka, quvonchli voqealar, ichkilik bilan 
o‘tadigan marosimlar va boshqalarga bog‘lab o‘zlarini oqlashga o‘rinadilar. 
Harakterida maqtanchoklik, o‘rinsiz qo‘pol hazil qilish kabi o‘zgarishlar paydo 
bo‘ladi. Intellektning pasayishi o‘z hulqiga tanqidiy munosabatning pasayishi bilan 
namoyon bo‘ladi. Bu behayolik, beandishalik, o‘rinsiz qiliqlar qilish bilan yuzaga 
chiqadi. Bu alkogol yumori deb ataladi. Xotiraning yaqqol susayganligini kuzatish 
mumkin. Yuqorida bayon etilgan ruhiy o‘zgarishlarni alkogol degradatsiyasi deb 
ataladi. 


101 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin