Klinik ko„rinishi Nevrotik enurezning kechishi asosan bolani atrofidagi emotsional muhitga
bog‗liq bo‗ladi. Psixotravmatik omillar ta‘siri oshib borsa enurez ham kuchayadi
va aksincha. Xarakterida bezovtalik, qo‗rqish, o‗ziga ishonmaslik, o‗ziga past baho
berish kabi xususiyatlar bo‗ladi. Enurez boshqa nevrotik buzilishlar: emotsional
labillik, qo‗zg‗aluvchanlik, injiqlik, yig‗loqilik, uyqu buzilishi, tiklar, qo‗rquvlar
bilan birga kechadi.
Enurezning 2tа klinik varianti bor:
1. O‗tkir enurez yuzaga kelib monosimptom kechadi, siyib qo‗yish 1-2
haftada 1 marta bo‗ladi. Ko‗pincha 1-3 oydan so‗ng sog ‗ayish bilan tug‗aydi.
Ba‘zilarda bu hol davom etib nevrotik reaksiya klinik-psixopatologik holatga
o‗tadi. Siyib qo‗yish kuchayib haftasiga 2-3 marta bo‗ladi va boshqa nevrotik
buzilishlar qo‗shiladi.
2. Surunkali enurez psixotravma natijasida paydo bo‗ladi. Turli polimorf
nevrotik buzilishlar enurezdan bir necha oy oldin paydo bo‗ladi. Boshida siyib
qo‗yish oyiga 1-2 marta bo‗lsa, 4-8 oydan so‗ng ko‗payib haftasiga 4-6 martagacha
kuzatiladi.
Enurez bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta‘sir etib subdepressiv o‗zgarishlarga
patoxarakterologik reaksiyalarga, hattoki shaxsning nevrotik shakllanishiga olib
keladi.
Differensial tashhis: Nevrozsimon enurez somatik genezli enurez va
bolalarda passiv norozilik reaksiyasida yuzaga keluvchi enurezdan farqlash
lozim.Bundan tashqari epilepsiya urologik va endokrin kasalliklarda uchraydigan
enurezdan farqlash kerak bo‗ladi.
Nevrotik enkoprez Enkoprez - bu to‗g‗ri ichakda va anal sfinkterida hech qanday anomaliya
bo‗lmagan holatda beixtiyor axlat ajratib yuborish holatidir. Enurezga qaraganda
10 marta kam uchraydi.Ayniqsa7-8 yoshda ko‗p uchraydi: o‗g‗il bolalarda qizlarga
ko‗ra ko‗p uchraydi 3:1 yoki 10:1 nisbatda bo‗ladi.