Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
psihiatriya-qollanma

Nevrotik tiklar 
Bular turli-tuman avtomatizatsiyalashgan odatiy elementar harakatlar (ko‗zni 
pirpirashi, peshonani tirishtirish, burun qanotlarini tirishishi, labni yalash, yelka 
qisish, oyoq-qo‗l va tana bilan har-xil harakatlar qilish) hamda yo‗talib 
qo‗yaverish, har-xil tovushlar chiqarish bo‗lib, ular biron bir himoya harakati 
holida yuzaga kelib, keyin fiksatsiyalanib qoladilar. Nevrotik tiklar bolalar orasida 
keng tarqalgan bo‗lib, asosan 7-12 yoshdagi bolalarda ko‗p uchraydi. Tiklar
asosan pubertat davrida ko‗payadi. Kuchli va uzoq davom etuvchi psixotravmatik 
faktorlar ro ‗l o‗ynaydi. Tiklar asosan himoya refleksi hisobiga yuzaga kelib, 
nevrotik buzilish asosida saqlanib qoladi. 
Klinik ko„rinishi 
Odatda yuz, bo‗yin, yelka kamaridagi harakatlar kuzatiladi. Tiklar bo‗ladi. 
Kasallik davomida joylashishi ko‗p marta o‗zgarib boradi. Vaqt o‗tib borishi bilan 
tiklar psixopatologik shilqim holatga o‗tishi mumkin. Subyektiv bolalar tiklarni 
kasallik emas, balki odat deb hisoblaydilar. Tiklar omil ta‘sir etgan vaqtda yoki bir 
muncha keyin paydo bo‗lishi mumkin. Ba‘zida tiklar 3-4 haftadan so‗ng yo‗qolib 


92 
qolishi mumkin. Lekin ko‗pincha ular saqlanib qoladilar. Tiklar boshqa nevrotik 
buzilishlar:kayfiyat o‗zgaruvchanligi, yig‗loqilik, qo‗zg‗aluvchanlik, epizodik 
qo‗rquvlar, astenik simptomlar bilan birga kechadi. Statistikaga ko‗ra tiklar 30%da 
sog‗ayishi, 36%da yaxshilanishi va 34% kasallik tuzalmasligi yoki 
yomonlashuviga olib kelishi aniqlangan. Nevrotik tiklarni nevrozsimon tiklardan 
va organik giperkinezlardan farqlash kerak.
Nevrozsimon tiklar stereotipik monoton holda bo‗lib, psixorganik sindrom 
va o‗choqli nevrologik belgilar bilan birga kechadi. 
Organik giperkinezlarda (xoreya) himoya xarakterga ega bo‗lmagan bir 
guruh mushaklar ishtirokida harakatlar bilan ta‘riflanib, ixtiyoriy ravishda bemorga 
bo‗ysunmaydi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin