Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
psihiatriya-qollanma

Isterik nevroz — psixogen va funksional tabiatdagi kasallikdir. Isterik 
nevrozda harakat, sezuvchanlik va somato-vegetativ sohaning funksional 
o‗zgarishlari kuzatiladi. Bu kasallik alomatlarini paydo bo‗lishi ruhiy omillar bilan 
bog‗liq, ammo shularga mos holda organik o‗zgarishlar yo‗qligi aniqlanadi. 
Shuningdek, isterik nevroz bemorlar o‗z xohishini amalga oshira olmaganida 
boshlanib qoladi. Isterik nevrozning klinik ko‗rinishidagi ruhiy buzilishlarning 
yorqinligi, tomoshago‗yligini ko‗satish uchun qilayotganligi ko‗rinib turadi, bemor 
qaysi kasallikni bilsa, o‗shanga o‗xshash alomatlar namoyon bo‗lishi bilan 
tavsiflanadi. 
Harakat buzilishlari isterik tutqanoqlar, ixtiyorsiz harakatlar (giperkinezlar), 
isterik tutqanoqlar, oyoq va qo‗llar parezi va falaji (sholligi), astaziya-abaziya - 
yotgan joyida harakat qila olgani holda turib yura olmasligi kabi ko‗rinishlarda 
bo‗ladi. Sezuvchanlikning buzilishi isterik ko‗rlik, isterik karlik, giposteziya, 
gipersteziya, paresteziyalar shaklida bo‗ladi. Somato-vegetativ buzilishlari 
quyidagicha bo‗ladi: oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi: isterik ko‗ngil 
aynashi, ishtaha yo‗qligi (anoreksiya), oshqozon og‗rishi, isterik qabziyat yoki ich 
ketishi; yurak sohasida og‗riqlar, yurakning tez urishi va boshqalar. Tomog‗iga bir 
narsa tiqilgandek bo‗lishi bu kasalikka xosdir. Affektiv buzilishlar o‗ynoqi hayajon 
bilan tavsiflanadi, bemor kayfiyati tez o‗zgaradi. Xotira va tafakkuri aniq, obrazli 
hodisalarni tashqi tomondan aks ettiradi. Bu holat ko‗pincha rahm-shafqatning 
susayishi, odobsizlik bilan qo‗shilib ketadi, bemorlar atrofdagilarning diqqat-
e‘tiborini o‗ziga qaratmoqchi bo‗ladi. 
Miyadan ketmaydigan holatlar (obsessiv, shilqim, yopishqoq holatlar) 
nevrozi ham ruhiy jarohatlanish natijasida paydo bo‗ladi. Kasallik belgilarida 
miyaga o‗rnashib qolgan fikrlar (obsessiyalar), yopishqoq qo‗rquvlar (fobiyalar) va 


85 
yopishqoq mayl va harakatlar (kompul‘siyalar) asosiy o‗rinni egallaydi. Nevroz 
klinikasida bu holatlar ko‗pincha qo‗shilib keladi. 
Barcha yopishqoq holatlar uchun umumiy belgi shundan iboratki, bu holatlar 
bemorning xohishiga qarshi paydo bo‗ladi va u bundan qutula olmaydi. Sog‗lom 
odamlarda ba‘zan bo‗lib qoladigan yopishqoq holatlar (masalan, biror so‗zni 
«o‗zidan-o‗zi» qaytaraverish) birmuncha vaqtdan keyin birdan yo‗qoladi. Bemor 
esa bu holatlarga tanqidiy qaray oladi, lekin miyaga o‗rnashib qolgan narsalarni 
zo‗rlab chiqara olmaydi. Miyadan ketmaydigan fikrlar esdaliklar, gumonlar 
ko‗rinishida bo‗lishi mumkin, qandaydir fikr, maqol, so‗z, ismlar va hokazolar 
uzoq vaqt bemor ongida o‗rnashib qoladi. Shilqim gumonlarda bemor dazmol 
simini rozetkadan oldimi-yo‗qmi, o‗z ishimni to‗g‗ri bajardimi-yo‗qmi va boshqa 
ishlarni bajarayotganda o‗ziga ishonmaydi. Yopishqoq hisobda bemorlar 
ko‗chadagi binolar, derazalar, qavatlar, zinapoyalarni takrorlab sanaydilar yoki 
xayollarida turli sonlarni qo‗shadilar, ayiradilar va H.k. Fobiyalar o‗z mazmuniga 
ko‗ra turli bo‗ladi: kardiofobiya – yurak kasalligiga chalinib qolishdan qo‗rqish, 
lissofobiya – ruhiy kasallik bilan og‗rib qolishdan qo‗rqish, agarofobiya – ochiq, 
keng maydonlarda yolg‗iz qolishdan qo‗rqish, klaustrofobiya yopiq bino
qorong‗i xonalardan qo‗rqish, mizofobiya – o‗ziga infeksiya yuqib qolishdan 
qo‗rqish va hokazo. Fobiyalar ayrim bemorlarda yakka holda uchrasa, boshqa 
bemorlarda ikkinchi turdagi qo‗rquvlar yoki boshqa vegetativ holatlar bilan 
kechadi. Bemor irim-sirimga beriluvchan bo‗lib qoladi va turli harakatlar qiladi. 
Irim-sirim harakatlari bemor uchun himoya vazifasini o‗taydi. Masalan, yuqumli 
kasalliklar bilan og‗rib qolishdan qutulish uchun bemorlar qo‗lini to‗xtovsiz 
yuvadilar, uylarini bir necha marta dezinfeksiya qiladilar yoki bemor zinapoyadan 
tushayotib, birinchi ikki pog‗onadan sakrab o‗tib, kun yaxshi o‗tishini 
ta‗minlaganday bo‗ladi.
Nevrozlar asosan sog‗ayish bilan tugaydi. Nevrozning so‗nishi asta-sekin 
bo‗lishi mumkin. 


86 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin