Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
psihiatriya-qollanma

Klinik ko„rinishi 
Bola ovqatni yegisi kelmaydi, ovqatga nisbatan tanlash kuchayadi, 
ovqatlanishga xohishsiz o‗tiradi. Ko‗pincha ovqat yeganda qusish sodir bo‗ladi. 
Injiqlik yig‗loqilik bilan birga kuzatiladi. Bu ko‗pincha qo‗rquv bilan kuzatiluvchi 
psixotravmatik omillar va ortiqcha erkalatilgan bolalardagi nevropatik holatlarda 
paydo bo‗ladi. 
Bu holatni bolalarda har-xil somatik va infeksion kasalliklardan so‗ng 
paydo bo‗ladigan astenik-somatogen anoreksiyadan farqlash kerak bo‗ladi. 
 
Nevrotik enurez 
Enurez - bu beixtiyor, asosan tungi vaqtda siydik ajratish holati. 4 yoshdan 
keyin bu holat kuzatilsa buni patologik enurez deyiladi. Bolalar orasida 10% o‗g‗il 
bolalarda 12% qizlarda 7% uchraydi. Maktab yoshdagilarda 4% uchraydi, 
o‗smirlarda juda kam qayd etiladi. Enurezning 2та etiologik turi farqlanadi: 
1. Nevrotik enurez-psixotravma hisobiga yuzaga keladi. 
2 Nevrozsimon enurez-bosh miyaning organik buzilishida uchraydi. 
Enurez yuzaga kelish vaqtiga qarab ikki xil bo‗ladi: 
1. Birlamchi enurez - ilk bolalik davrida kuzatilib bunda bola yetarlicha 
ko‗nikmaga ega bo‗lmaydi. 
2. Ikkilamchi enurez - bola yetarlicha ko‗nikmaga ega bo‗lgandan so‗ng 
kuzatiladi. 
Enurezning kelib chiqishi yana nevropatik holatlarda va irsiy bo‗lishi mumkin. 
Patogenezida: bosh miyaning siydik ajratishni regulyatsiya qiluvchi markazida 


94 
turg‗un qo‗zg‗alish o‗chog‗i paydo bo‗lib, natijada vistseral analizatorning 
faoliyati buziladi hamda nevrozsimon enurezda yetarlicha rivojlanmagan siydik 
ajratishni regulyatsiya qiluvchi markazning shikastlanishi sabab bo‗ladi. 
Shuningdek oxirgi ma‘lumotlarga ko‗ra enurezga uyqu mexanizmlarini buzilishi 
ham sabab bo‗lishi aniqlangan. 


95 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin