Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
psihiatriya-qollanma

Nasha moddalar giyohvandligi. Narkotik moddalarning ushbu guruxiga 
nashaning turli navlaridan olinadigan sakichsimon moddalar- marixuana, anasha, 
bang, xusus, xaras kiritiladi. Nasha tarkibidagi aromatik aldegid kannabinol 
boshlang‘ich ta‘sir kuchiga egadir. Nasha chaynab, chekib, ichimlik shaklida qabul 
qilinadi. Nasha chekilganda eyforiya, borliqni rangbarang qabul qilish, fikrlashning 
tezlashishi, xirsiy xususiyatlarning kuchayishi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, 
psixosensor o‘zgarishlar, illyuziyalar (kichik ariq xuddi katta daryoga o‘xshab, 
sekin ovozlar gumbirlashdek, shovqindek tuyulishi), depersonalizatsiyalar (o‘z 
tana a‘zolari inkor etish) uchraydi. Mastlikning kechki davrlarida fikrlashning 
bog‘lanmaganligi, bachkanalik, kulgili holatlar, tashnalik, loqaydlik bilan tugaydi. 
Nashaga o‘rganib qolish sekin rivojlanadi. Xumorlik holati yumshoqroq bo‘lib, 
somatovegetativ o‘zgarishlar va bexollik, depressiya, disforiya, isteriya holatlari 
bilan namoyon bo‘ladi. Nasha xaddan tashqari ko‘p qabul qilinganda psixozlar 
(hushning namoshshomsimon, delirioz buzilishi, epilepsiyaga o‘xshagan 
tutqanoqlar, bexushlik) paydo bo‘ladi. Bemorlarda o‘tkir psixozlar - deliriy, 
namoshshomsimon ong buzilishi, qo‘rqinch, bezovtalik bilan kechadigan va 
cho‘zilgan endoform psixozlar uchraydi. Nasha giyohvandligidagi shaxs o‘zgarishi 
psixopatsimon holatlar, maishiy buziklik va aql idrokning kamayishi shaklida 
kuzatiladi. Nasha kanopning turli navlaridan olingan modda. Uni chekish yoki 
ichish yo‘qi bilan iste‘mol qilinadi. Kanopning ruhiy faol xossaga ega bo‘lishi 
undagi kannobinoidlarga bog‘liq Nasha bilan o‘tkir zaharlanishning klinik 
ko‘rinishi hushdan ketish ko‘rinishidagi ongning o‘zgarishi, telbanoma hulqli, 
besabab kuluvchi, assotsiatsiyaning tezlashuvi va shu kabi belgilardir. Kanop 
moddalarini doimiy iste‘mol qilishdan kamgaplik kamkuvvatlik va shaxsning 
inqirozga uchrashi kuchayadi, shaxs o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Bemor 
terisining qizarishi yoki rangparlik, shox pardaning qonga to‘lishi, terlash, so‘lak 
oqish kuzatiladi. Nasha bilan surunkali zaharlanishning sunggi boskichi ko‘rinishi 
shizofreniyaga o‘xshash bo‘ladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin