Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137
psihiatriya-qollanma

I bosqich - narkotik moddaga ruhiy moyillik (obsessiya) paydo bo‘lishi 
himoya jarayonlarining yo‘qolishi, narkotik moddalarga chidamlilikning oshishi
ularning fiziologik ta‘siri saqlangan holda muntazam qabul qilinishi bilan 
ifodalanadi. (I boshlang‘ich bosqich, adaptatsiya bosqichi ham deyish mumkin). II 


109 
boskich - bu bosqich abstinentsiya (humor sindromi), narkotik moddaga engib 
bo‘lmas darajadagi xirs qo‘yish, unga bo‘lgan chidamlilikning yuqori darajaga 
etishi, narkotik moddalar ta‘sirining o‘zgarishi (ko‘pincha qo‘zg‘aluvchanlikka 
olib keluvchi ta‘siri), shaxs o‘zgarishlarining paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. (II 
bosqich surunkali bosqich, jismoniy qaramlik yuzaga kelishini tugallanishi ham 
deyiladi). III boskich - bunga narkotik moddalarga chidamlilik pasayadi, ularning 
ta‘siri faqat «tetiklashtirish» darajasiga etishi, shuning uchun bemorlarda narkotik 
moddalarsiz «yashay olmaslik», hususiyatlarining paydo bo‘lishi kuzatiladi. 
Bundan tashqari xumor sindromi og‘irlashib, cho‘zilib borishi, ruhiy, somatik, 
og‘ir ijtimoiy oqibatlar kelib chiqishi bilan ifodalanadi. (III boskich oxirgi bosqich 
ham deyiladi). 
Giyohvandlikdagi abstinentsiyaning xar bir turida o‘ziga xos xususiyatlariga 
ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar asosida ular differentsial tashxis qilinadi. Odatda bu 
juda og‘ir azob beruvchi ruhiy va jismoniy o‘zgarishlardir. Giyohvandlikning 
boshlang‘ich bosqichlarida shaxsning o‘zgarishlari kuzatiladi. 
Giyohvandlik va toksikomaniyani quyidagi turlari ma‘lum: 

Nasha giyohvandligi 

Opiy giyoxvandligi (ko‘knor, morfinizm, geroinizm): opiy, promedol, kodein. 

Kokain giyoxvandligi

Barbituromaniya (fenobarbital (amital), nembutal, xloralgidrat, barbital natriy). 

Amfetamin iste‘mol qiluvchi giyohvandligi: fenamin, fenatin, efedrin. 

Gallyutsinogenlar giyohvandligi: LSD 

Efedron giyohvandligi. 

Polinarkomaniya. 

Psixofarmakologik moddalarni iste‘mol etish bilan o‘tadigan toksikomaniya 
(trankvilizatorlar, antidepressantlar, neyroleptiklar) 

Psixostimulyatorlar toksikomaniyasi (tsentidrin, kofein). 

Tsiklodol toksikomaniyasi (parkopan, artan, romparkin). 

Uchuvchan organik moddalar toksikomaniyasi (benzin, bo‘yoq va lak 
erituvchilari). 


110 

Nikotinomaniya (tamaki, nos) 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin