111
nihoyatda qurib ketishi va qorayib, ersimon rangga kirishi. Yuzlarida paydo
bo‘lishi.Badan
terisining korayib ketishi, kuz qorachig‘ining torayib ketishi,
vegetativ buzilishlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Opiyning hosilasi morfin
hisoblanib, u og‘riqsizlantirishda ishlatiladi. Morfin, promedol yoki geroin teri
ostiga va tomirga yuboriladi, opiy ichiladi va tomirga
yuboriladi yoki chekish
paytida havo orqali kiradi. Bemorlarda fikrlash, so‘zlash tezlashadi. Xayol surish,
rohatlanish, vaqtixushlik ko‘rinishidagi kayfiyatning ko‘tarilishi yuz beradi.
Ba‘zida harakatlari tezlashuvi mumkin. Lekin bu holatning ma‘lum maqsadi
bo‘lmaydi. Narkotik moddalarning kerakli miqdorini olish uchun qilingan
yo‘nalish bundan istisno. Moddalarni doimiy iste‘mol qilish tez orada ruhiy va jis-
moniy qaramlikka olib keladi. Narkotik iste‘mol qilish barcha istaklardan ustun
turadi. Morfinga bo‘lgan tolerantlik juda tez hosil bo‘ladi, bir necha haftadayoq
birinchi miqdordan ancha ko‘proq modda iste‘mol qilishga o‘rganib qolinadi.
Bemorlarda morfin kabi opiy xosilalarini surunkali iste‘mol qilish natijasida o‘z
ishiga, atrofdagilarga qiziqish yo‘qoladi, qiziqish doirasi keskin torayadi.
Bemorlar
qo‘pol, hudbin bo‘lib qoladilar. Ularning hulqi asotsial bo‘lib qoladi. Bemorlar
barcha ishga qodir bo‘lib qoladilar, hatto narkotik moddalar topish harakatida xech
narsadan qaytmaydilar. Abstinent sindrom — avvaliga kuchsizlanish, ko‘z
yoshlanishi, qorachiqning torayishi va titrash bilan tavsiflanadi. Ma‘lum vaqtdan
so‘ng(15—20 soat) titrash, qorachiqning kengayishi kuzatiladi. Bemorda tumov,
aksirish, yo‘talish, ko‘z yoshlanishi va terlash kuzatiladi. Ichak harakati tezlashadi.
Opiy giyoxvandligidagi abstinentsiyaning ruhiy qo‘rinishi bezovtalanish,
kuchli
tarqoq og‘riq, yurak urishi va nafas olish tezlashuvi, arterial bosim ko‘tarilishi
bilan tavsiflanadi. Keyinroq (2—3 kundan keyin) ko‘rsatilgan alomatlar kuchayib,
ularga mushak og‘riqlari, kuchli uyqusizlik qo‘shiladi. Bemor tanasida, asosan
bo‘g‘imlarida, belda, qorinning pastki qismida kuchli og‘rik sezadi. Bu simptomlar
3-4 kundan so‘ng juda kuchayadi. Bemorning ahvoli og‘irlashadi, ishtahasi
yo‘qoladi,
qayt qilishi, ich ketishi kuzatiladi. 4-5 kunlardan so‘ng bu alomatlar
yo‘qoladi. Lekin 1-2 oy ichida ba‘zi-ba‘zida bo‘g‘imlardagi og‘riklar, uyqusizlik
bezovta qilib turadi.