Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
psihiatriya-qollanma

Klaynfelter sindromi – erkaklar kasallanadi, bunda xromosomalar soni 
ortiqcha bo‘ladi. Klinikasida gipogenitalizm, tuxumdonlar atrofiyasi, ikkinchi 
jinsiy belgilar rivojlanmagan bo‘ladi. Kasallar baland bo‘yli, evnuxoid 
proportsiyada bo‘ladi, ginekomastiya va naslsizlik kuzatiladi. Aqliy zaiflik aniq 
rivojlangan bo‘ladi, ammo engil debillik darajasida turadi. 
Rubeolyar aqliy zaiflik – virusli embriopatiya bo‘lib, onasining homiladorlik 
paytida qizilcha bilan kasallanganligi sababli homilani virus jarohatlaydi. 
Embrionning jarohatlanishi virusning homiladorlikning qaysi davrida ta‘sir 
qilganiga bog‘liq. Aqliy zaiflik bilan birga uch simptom: ko‘z, yurak-qon tomir 
sistemasi va eshitish apparati tug‘ma nuqsonlari xos. Ayrim kasallarda tish 
defektlari, jismoniy to‘la rivojlanmaslik, skeleti va jinsiy organlarning tug‘ma 
nuqsonlari kuzatiladi. 
Tug’ma sifilis sababli kelib chiqadigan aqliy zaiflik – homilaning spesifik 
jarohatlanishi sababli hosil bo‘ladi. Aqliy zaiflik belgilari juda erta bilinadi, 
bundan tashqari epilepsiya, shaxs buzilishiga o‘xshash va astenik simptomlar 
kuzatiladi. Rezidual nevrologik simptomlar, keratit, otit, rinitlar, ichki a‘zolar va 
suyak jarohatlanishi bemorlarda kuzatiladi. Har xil displaziya, masalan, bosh 
suyagi deformatsiyasi, tishlarning formasi, yuqori tanglay, egarsimon burun, oyoq-
qo‘llarning qiyshayishi kuzatiladi. Laboratoriya tekshirish natijalari katta 
ahamiyatga ega, bunda qon va orqa miya suyuqligida spetsifik o‘zgarishlar 
kuzatiladi. 


71 
Gipotireoid aqliy zaiflik – (kretinizm) – aqliy zaiflikning eng ko‘p 
uchraydigan va endokrin buzilishi sababli kelib chiqadigan, tug‘ma gipotireoz 
hisoblanadi. Endemik kretinizm sindromi turlari ham uchraydi – bu tug‘ma 
gipotireoz bo‘lib, suvdagi yodning etishmovchiligi va qalqonsimon bez 
gormonining sintezi buzilishi sababli kelib chiqadi. Yana bir turi gipotireozning bu 
miksedema – tug‘ma yoki ortirilgan bo‘ladi. Buning asosida qalqonsimon bez 
atrofiyasi va embrional nuqsonlar yotadi. 
Endemik kretinizm va tug‘ma miksedema klinikasi juda o‘xshash va 
tireoidin etishmovchiligi bilan bog‘liq. Endemik kretinizm asosiy belgisi-jismoniy 
va psixik rivojlanishi kechikadi. Psixik turi rivojlanmaslik engil debillikdan og‘ir 
idiotiyagacha bo‘ladi. Birinchi navbatda endokrin buzilishlar kuzatiladi. Jinsiy 
a‘zolar rivojlanmagan bo‘ladi. Qalqonsimon bez kompensator gipertrofiyasi 
sababli kichiklashishi yoki kattalashishi mumkin. Kasalning tashqi ko‘rinishi 
quyidagicha: braxitsefaliya, past peshona, kichik burun, tishlarning noto‘g‘ri 
rivojlanishi, quloq deformatsiyasi, qo‘li erkin, tishi katta, og‘ziga sig‘maydigan 
sochlari quruq, ovozi past bo‘ladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin