Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
psihiatriya-qollanma

Giyoxvandlikning asoratlari. 1. Giyohvandlik iqtisodiy asoratlar: katta pul 
sarflanishi, barcha daromadlarning yo‘qolishi, uydagi buyumlarni sotib yo‘qotishi, 
ishdan haydalishi, odamlardan qarz olishi, oilasidan ajralishi. 2. Ijtimoiy-siyosiy 
asoratlar: davlatga qarshi oqimlarga, diniy ekstremizmga, terroristik oqimlarga 
qo‘shilib ketishi. 3. Yuridik asoratlari: jinoiy ishlar sodir qiladi, o‘g‘rilik, 
bosqinchilik, odam o‘ldirish, terrorchilik va boshqa jinoyatlar. 4. Tibbiy asoratlar: 
giyohvand moddalar butun organizmga va markaziy nerv sistemasiga, ruhiyatga 
ta‘sir ko‘rsatib, chuqur darajadagi shaxs o‘zgarishlariga olib keladi. Giyohvand 
moddalarni in‘ektsiya yo‘li va boshqa yo‘llar bilan qabul kilinishi giyoxvandlarda 
jinsiy maylning buzilishiga sabab bo‘ladi, OITS bilan kasallanish darajasi ortadi. 
Ma‘lumotlarga ko‘ra OITS kasalligiga chalinganlarning 80 % dan ko‘pini 
giyoxvandlar tashkil qiladi. Shu sababli ham giyohvandlik va OITS XXI asr vabosi 
hisoblanadi 
Giyoxvandlikni davolash printsiplari: anonim (yashirincha), ixtiyoriy, 
majburiy. Kasallik 3 bosqichda davolanadi: dastlabki bosqich - dezintoksikatsiya
umumiy mustahkamlash va tetiklashtirish usullari, narkotik modda qabuli to‘xtatilishi bilan 
olib boriladi; asosiy bosqich-narkotik moddalarga qarshi qaratilgan samarali 
usullarni qo‘llash; qo‘llab-quvvatlovchi terapiya. Opiatlar bilan o‘tkir 
zaharlanganda ularning antagonistlari nalorfin yoki naltrekson 0,5%-3-5 ml vena 
ichiga yuboramiz. Qo‘shimcha yordamchi davolash vositalari: elektrouyqu, 
psixoterapiya, oyoqlarini issiq suvda ushlab turish, massaj kabilar qo‘llash 
mumkin. Giyoxvandlik bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan vaqtda ishga 


118 
layokatsizlik varakasi beriladi, boshqa paytda ish qobiliyati saqlangan bo‘ladi. 
Harbiy xizmatga layoqatsiz xisoblanadi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin