80
Tengdoshlari bilan guruxlanish reaksiyasi usmir ugil bolalarga xos. Usmirlar
asotsial guruxlarga birlashadilar. Bunday guruxlarda uzining sardori va ijrochilari
bo‘ladi, ma‘lum konun-koidalar urnatiladi. Bu guruxdagi usmirlarda
asosan
ijtimoiy-pedagogik karovsizlik kayd etiladi.
XOBBI (KIZIKISHLAR) REAKTSIYASI
Xobbi (uta kimmatli kizikishlar) reaksiyasi turli xil kurinishlarda bo‘ladi:
informativ-kommunikativ kizikishlar (yangi ma‘lumotlarni olishga kizikish),
egotsentrik kizikishlar, xammaning dikkat markazida bulishiga intilish (turli xil
sport va badiiy-xavaskorlik chikishlarda katnashish, chet tillari adabiyot va tarixi
bilan kizikish); yigishga (tuplashga) kizikish (turli kolleksiyalar tuplash),
intellektual-estetik kizikishlar (biror bir faoliyat bilan chukur shugullanish), azart
uyinlar. Bunday uta ortikcha kizikishlar xulk buzilishlariga olib keladi va ijtimoiy
dezadaptatsiyaga sabab bo‘ladi: usmirlar
ukishga bormay kuyadi, asotsial shaxslar
bilan yakindan mulokotda bula boshlaydilar, mayda ugirliklar va
konunbuzarchiliklar sodir kiladilar.
SEKSUAL (JINSIY) PERVERZIYALAR
Seksual (jinsiy) mayl shakllanishi bilan boglik xulk buzilishlari kuyidagilar:
usmirlardagi masturbatsiyalar, erta
va tartibsiz jinsiy alokalar, utkinchi
gomoseksual xarakatlar.Ular asosida yukori lekin shu bilan birga xali
differensiyalanmagan jinsiy mayl yotadi.
Patoxarakterologik reaksiyalar - chegaradosh xolatlarning orkaga kaytadigan
shakllaridir. Lekin bu xolatlarga xos xulk buzilishlari kaytarilgan sari shaxsning
patologik rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: